AQŞ janubi-şarqiga yopirilgan «Helen» töfoni «tarixiy suv toşqinlarini» yuzaga keltirdi. Bu haqda mamlakat Milliy töfonlar markazi (NHC) ma’lum qildi.

Sönggi ma’lumotlarga köra, Qöşma Ştatlarda tabiiy ofat oqibatida 52 kişi halok bölgan, 3 milliondan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.

«Helen» yopirilişidan ayniqsa, Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boşqa ştatlar jabr kördi. «Töfon xavfli va halokatli bölib qolmoqda, u insonlar hayotiga zomin bölyapti va suv toşqinlari xavfi hamon yuqori», — deydi AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris.

Tennessi ştatidagi Ervin şahrida politsiya va qutqaruvçilar vertolyot yordamida şifoxona tomiga çiqib olgan 50 dan ortiq insonni qutqarişga muvaffaq bölgan. Ular qutqarilişidan bir neça soat oldin senator Bill Hegerti AQŞ rasmiylarini suv qurşovida qolgan odamlarga resurslar yetkazib berişga çaqirgan va vaziyatni «juda oğir» deb atagandi.

«Helen» töfoni 26 sentabr kuni Floridaga yopirildi, keyin esa qöşma ştatlar tomon harakatlanişni boşladi. Şamol tezligi soatiga 225 kilometrga yetmoqda, töfonga törtinçi — «favqulodda xavfli» darajasi berilgan.

Avvalroq Vetnamning şimoliy qismiga yopirilgan «Yagi» supertayfuni natijasida yuzaga kelgan suv toşqini oqibatida kamida 324 kişi halok böldi va bedarak yöqolgani töğrisida xabar berilgandi. Şuningdek, «Yagi» tayfuni Tailand va Myanmaga yetib kelişi natijasida har ikki davlatning şimoliy ştatlarida sönggi 80 yil içidagi eng kuçli suv toşqinlari kuzatilgan.