Angliya: «Arsenal»ning burçak töplari va Palmerning porlaşi

«Nyukasl» – «Mançester Siti» 1:1
Gollar: 0:1 – 35 Gvardiol, 1:1 – 58, penalti Gordon.
«Nyukasl» – Poup, Holl, Bern, Şer, Trippiyer (Livramento, 78), Bruno Gimaraes, Tonali (Longstaff, 77), Joelinton, Barns (Uillok, 76), Merfi, Gordon.
«Mançester Siti» – Ederson, Gvardiol, Akanji, Ruben Diaş, Uoker, Lyuis (Savio, 81), Kovaçiç, Griliş (Doku, 81), Gundöğan (Foden, 66), Bernardu Silva, Holand.
Ogohlantirişlar: Şer (26), Bruno Gimaraes (32), Ederson (56), Kovaçiç (60), Tonali (62), Griliş (62), Joelinton (63), Ruben Diaş (90).

Hosep Gvardiola Rodrining jarohatidan keyin yeçim öylab topişi şart ekanini aytdi, lekin «Siti» mavsum boşidagi bir neça öyinda ham ispaniyalik futbolçiga dam bergandi. Lekin hozir tajriba uçun boşqa ikki figura — jarohatlangan De Breyne hamda Yevro-2024 turniridagi iştirokidan keyin formasini tiklaşda davom etayotgan Foden yetişmayapti. Qolaversa, Gundöğan «Etihad»ga qaytganidan keyin hali oldingi darajasiga çiqmadi.

Lekin bu muammolar Nyukaslda ötgan öyinda jamoaga birinçi raqam ostida harakatlanişga xalal bermadi. «Qarğalar» faolroq boşlagandi, ammo Grilişning pasidan keyin Gvardiol raqib jarima maydoni içiga yuriş uyuştirib, hisobni oçdi. Faqat ikkinçi bölim boşida amaldagi çempionlar öyinni susaytirişdi va Gordonni oldinga ötkazib yuborişdi. Ederson uni qöpollik bilan töxtatişga majbur böldi va «Nyukasl» vingeri ötgan mavsum boşidan buyon yettinçi bor 11 metrlik jarima zarbasini işlab, uni özi golga aylantirdi.

Öyinning qolgan qismida ham «Siti» mezbonlarni jarima maydoniga qamaşda davom etdi, ammo Poup devoridan ötib bölmadi, uning Bernardu Silvaning zarbasidan keyin amalga oşirgan seyvi — tur bezagiga aylandi.

Holand APLning bu mavsumida ilk bor maydonni golsiz tark etdi (6-turga kelib). U birinçi bölimda Byorn oyoğiga bergan zarbadan keyin öyinni biroz oqsoqlanib davom ettirdi. Hujumçi öyin davomida beş bor zarba berdi, lekin ulardan birortasini çinakamiga xavfli deb bölmaydi.