AQŞ Milliy töfonlar markazi (NHC) ma’lum qilişiça, «Helen» töfoni Qöşma Ştatlar janubi-şarqida «halokatli, tarixiy suv toşqini»ga sabab böldi. 29 sentabr, yakşanba kuni AQŞda sodir bölgan tabiiy ofat natijasida, sönggi ma’lumotlarga köra, 63 kişi halok böldi. Mamlakatda elektr ta’minotidagi uzilişlar qayd etiluvçi Amerikaning PowerOutage.us portali ma’lumotlariga köra, uç milliondan ortiq xonadon elektr energiyasiz qolgan.
Florida, Jorjiya, Janubiy Karolina, Tennessi va boşqa ştatlar «Helen» tufayli yuzaga kelgan vayronagarçilikdan ayniqsa jabr körgan. AQŞ vitse-prezidenti Kamala Harris şunday ogohlantiriş bilan çiqdi: «Töfon xavfli va halokatli bölib qolmoqda, qurbonlar va suv toşqini xavfi hamon yuqori darajada».
Kasalxona tomidan 50 kişining dramatik qutqarilişi
Tennessi ştatining Ervin şahrida politsiya va qutqaruvçilar şifoxona tomiga çiqib ketgan 50 dan ortiq odamni vertolyot yordamida qutqarişga muvaffaq böldi. Ular qutqarilişidan bir neça soat oldin senator Bill Xegerti AQŞ rasmiylarini suv bilan öralgan odamlarga resurslar yetkazişga çaqirdi va vaziyatni «juda oğir» deb atadi.
«Helen» töfoni 26 sentabr kuni Floridaga yopirildi, söng qöşni ştatlarga köçdi. Şamol tezligi soatiga 225 kilometrgaça yetdi va töfon törtinçi toifaga («öta xavfli») kiritildi.








