Isroil Livanning «Hizbulloh» harakati yetakçisi Hasan Nasrullohni yöq qilganidan söng, Livan armiyasi mamlakatda yangi mojarolar xavfi haqida ogohlantirdi. «Armiya qömondonligi barça fuqarolarni milliy birdamlikni saqlaşga va mamlakatimiz tarixidagi uşbu xavfli va nozik bosqiçda fuqarolar tinçligiga tahdid soluvçi harakatlarga qöl urmaslikka çaqiradi», — deyiladi Livan armiyasining 29 sentabr, yakşanba kuni e’lon qilingan bayonotida. 

Bayonotda aytilişiça, «Isroil öz zarbalari bilan livanliklar örtasidagi bölinişni çuqurlaştiriş maqsadida buzğunçi rejalarni amalga oşirmoqda».

Hasan Nasrulloh ölimining noaniq oqibatlari

Hasan Nasrullohning yöq qilinişi qanday oqibatlarga olib kelişi hozirça aniq emas. «Hizbulloh» öz nazorati ostidagi hududlarda infratuzilma, soğliqni saqlaş tizimi, maktablar va yoşlar dasturlarini qöllab-quvvatlab, mustaqil davlat sifatida faoliyat yuritadi. «Hizbulloh» nufuzli siyosiy partiya ham bölib, uning vakillari Livan hukumatida vazirlik lavozimlarini egallaydi.

Sörovlarga köra, «Hizbulloh»ni Livan aholisining taxminan 30 foizi qöllab-quvvatlaydi.

Eronlik agent Isroilga Nasrullohni yöq qilişga yordam bergan

«Hizbulloh» harakati tuzilmalariga kirib borgan Eronning qöş agenti Isroil armiyasiga guruh rahbari Hasan Nasrullohning qayerda ekanligi haqida ma’lumot berdi, bu esa TsAHALga uni yöq qiliş imkonini yaratdi. Bu haqda 28 sentabr kuni Fransiyaning Le Parisien gazetasi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbaga tayanib xabar berdi.

Naşrning yozişiça, 27 sentabr kuni Hasan Nasrulloh bir kun avval Isroil havo hujumi natijasida halok bölgan «Hizbulloh» uçuvçisiz uçoqlar bölinmasi qömondoni Muhammad Husayn Srurning dafn marosimida iştirok etgan. Dafn marosimi guruhning yerosti qömondonlik markazidan unça uzoq bölmagan Haret-Xreyk hududida bölib ötdi. Ayni vaqtda bunkerlarni yöq qiladigan bombalar bilan jihozlangan Isroilning F-35 qiruvçi samolyotlari pistirmada turib, nişonning «Hizbulloh» qarorgohiga qaytişini kutişgan.

Kunning ikkinçi yarmida eronlik agent isroilliklarga Nasrullohning yaqin orada yetib borişi haqida xabar berdi. U dafn marosimidan söng Islom inqilobi muhofizlari korpusining nufuzli bölinmasi - "Al-Quds" kuçlari qömondoni örinbosari, eronlik general-mayor Abbos Nilforuşanning maşinasida öz qarorgohiga yetib keldi. Guruhning favqulodda yiğilişida Nasrullohdan taşqari yana 12 nafar qömondon iştirok etgan. Le Parisien naşri xabariga köra, Isroil harbiylari portlaş buyruğini berişdan oldin hamma bir xonada yiğilişini kutgan. Gazeta manbasiga köra, TsAHAL uçuvçilari «Hizbulloh» qömondonlik markaziga har biri ikki tonna oğirlikdagi oltita bomba taşlagan. Avvalroq Isroilning Ynet portali guruhning qömondonlik markaziga taşlangan bombalarning umumiy oğirligi 80 tonnadan oşganini ta’kidlagan edi.