30 sentabr kuni Toşkent davlat agrar universiteti hududida sodir bölgan yirik yonğindan bir neçta bino jiddiy talafot kördi: 2 ta bino yonib ketdi, yana ikkitasiga şikast yetdi.

Guvohlarning sözlari va mavjud tasvirlar yonğin quyoş panellari örnatilgan tomda boşlanganiga işora qilmoqda.

Tomida quyoş panellari örnatilgan 5 qavatli binoda Örmon xöjaligi agentligi joylaşgan. Unga tutaş binolar esa Agrar universitetning öquv binolari va yotoqxonasi hisoblanadi.

Örmon xöjaligi agentligi 2023 yilning fevral oyi oxirida agentlik binosi tomiga 40 kWh quvvatga ega quyoş panellari örnatiş uçun tanlov e’lon qilgan. 440 mln sömlik boşlanğiç summa bilan e’lon qilingan tanlovda 380 mln sömlik taklif bilan “Smart Solutions system” MÇJ ğolib bölgan.

Agentlik va “Smart Solutions system” MÇJ örtasida 2023 yil 3 mart kuni quyoş panellari örnatiş böyiça şartnoma imzolangan. Unda agentlik binosi tomiga 40 kWh quvvatga ega quyoş panellari örnatiş közda tutilgan.

Şartnomada körsatilişiça, pudratçi montaj işlari uçun 5 yil kafolat bergan.

Oçiq manbalarga köra, 2019 yil dekabrida davlat röyxatidan ötkazilgan “Smart Solutions System” MÇJ ölçaş, nazorat, sinaş va navigatsiya uçun asbob-uskunalar işlab çiqariş faoliyati bilan şuğullanadi. MÇJ 2023 yilda quyoş panellari örnatiş bilan boğliq öndan ortiq tenderlarda ğolib bölgan