CBS News telekanalidagi vitse-prezidentlik debati uşbu saylovoldi kampaniyasi uçun oxirgisi böldi, deb yozdi Forbes.

Munozarada Demokratik partiyadan Minnesota gubernatori Tim Uols iştirok etdi. U Milliy gvardiyada 25 yil xizmat qilgan sobiq öqituvçi va örta maktab futbol murabbiyi. Agar Kongressda Uols respublikaçilar bilan hamkorlik qilişga tayyor mö’tadil qonun çiqaruvçi sifatida tanilgan bölsa, Minnesota rahbari sifatida u ança söl qanot siyosatçisi sifatida obro‘ qozondi. Uols oddiy amerikaliklarning ehtiyojlaridan kelib çiqib, respublikaçilarni konservativ kun tartibi uçun «ğalati» deb atagan bir qator intervyularidan söng, Harris uni vitse-prezidentlikka nomzod sifatida tanladi.

Unga 2022 yildan beri Senatda Ohayo ştati vakili bölgan Jyey Di Vens qarşilik körsatdi. Uols singari u ham armiyada xizmat qilgan — AQŞ Iroqqa bostirib kirganida u dengiz piyodalari bölinmalaridan birining matbuot xizmatida işlagan. Vens juda kambağal oilada ösgan, ammo nufuzli Yyel universitetini tamomlagan va vençur investitsiyalari bilan şuğullangan. U özining «Elegiya Hillbilli» kitobi bilan nom qozondi, unda özining bolaligi misolida Amerika qişloqlarining madaniyatini tanqid qildi. Vens 2016 yilgi saylov kampaniyasi paytida Trampga qarşi çiqdi, ammo 2019 yilda katolik dinini qabul qilganidan keyin öz qaraşlarini özgartirdi.

Debat davomida nomzodlar taşqi siyosatni kam muhokama qilişdi, bu umuman saylovçilarning ustuvor yönalişlariga töğri keladi - milliy xavfsizlik masalalari amerikaliklarning atigi 3 foizini qiziqtiradi va eng yaxşi 10 ta mavzuga deyarli kirmaydi. Debat boşida savol Isroil va Eron örtasidagi mojaroga qaratildi. Nomzodlar bir-birlarini Eronni jilovlay olmaganlikda aybladi. Ukraina munozaralar kun tartibida umuman yöq edi va boşlovçilar Vensdan mojaroni tinç yöl bilan hal qiliş rejasi haqida söramaslikka qaror qilişdi.

Muhokamalarning asosiy qismi migratsiya, iqtisodiyot, abort, iqlim özgarişi, oilani qöllab-quvvatlaş va demokratiya masalalariga qaratildi. Konservativ Vens uşbu masalalarning aksariyatida juda mö’tadil bölişga harakat qildi. U tomoşabinlarni abortni butun mamlakat böylab taqiqlaşni qöllab-quvvatlamasligini, deportatsiyalar faqat jinoyat ötmişi bölgan noqonuniy migrantlarga ta’sir qilişiga işontirdi va özi turli ijtimoiy yordam çoralarini qöllab-quvvatladi. Vens Trampning prezidentligi davrida erişilgan muvaffaqiyatlarni körgaç, unga munosabatini özgartirganini oçiq tan oldi.