Muzokaralar davomida Qöqon şahrida Özbekiston-Vengriya hududlararo forumini taşkil etiş, Toşkent va Budapeşt şaharlari örtasidagi aviaqatnovlarni muntazam amalga oşiriş va boşqa masalalar muhokama qilindi.
Katalin Bixari joriy oktyabr oyida Qöqon şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan Özbekiston-Vengriya birinçi hududlararo forumini taşkil etişda vazirlik amaliy yordam berişini va mazkur tadbirni uyuştiriş uçun Vengriya Eksportni qöllab-quvvatlaş agentligi rahbariyati barça zarur kömak körsatişini ta’kidladi.
Tomonlar hududlararo forum dasturi va ikki mamlakat işbilarmon doiralari vakillari örtasida B2B va B2G şakllaridagi uçraşuvlarni uyuştiriş imkoniyatlarini körib çiqdilar.
Şuningdek, Vengriya vakili, mamlakat hukumati joriy yil avgust oyidan buyon "Qanot Şarq" aviakompaniyasi tomonidan Toşkent va Budapeşt örtasidagi amalga oşirilayotgan aviaparvozlarni qöllab-quvvatlaşini hamda ularni davom ettiriş tarafdori ekanligini bildirdi.
Bundan taşqari, uçraşuvda ikki davlat örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladigan istiqboldagi muhim dasturlar kun tartibi xususida ham fikr almaşildi.








