Bu haqda prezidentning 2024 yil 4 oktyabr kuni qabul qilingan “Kambağallikni qisqartiriş va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillaştiriş va samaradorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida” qarorida belgilandi. 

Qarorga köra, 2025 yil 1 martdan Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bölinmalari mansabdor şaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qiliş, iş beruvçining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş, aholi bandligi töğrisidagi qonunçilik talablarini bajarmaganligi uçun kameral nazorat ötkaziş vakolati beriladi. 

Şuningdek, sanoat kirib bormagan mahallalarda 2025 yil 1 dekabrga qadar 1 000 ta, 2026 yilda 2 000 ta qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş hamda kiçik işlab çiqariş loyihalari işga tuşiriladi. 

“Işga marhamat” monomarkazlari va kasb-hunarga öqitiş markazlari negizida kasbiy könikmalar markazlari taşkil etiladi hamda quyidagilar yölga qöyiladi: 

·      2025 yil 1 yanvardan iş beruvçilar talabiga moslaşuvçan öqitiş muddati va vaqtini nazarda tutuvçi tezkor kurslar; 

·      2025 yil 1 martdan amaliy kasbiy könikmalarni bevosita iş joyida şakllantiriş imkonini beruvçi yangi tajribani joriy etiş; 

·      2026 yil 1 yanvargaça kasbiy könikmalar markazlarini xalqaro baholaş taşkilotlarining akkreditatsiyasidan ötkaziş orqali ularning bitiruvçilariga xorijda tan olinadigan sertifikatlar (malaka pasportlari) beriş; 

·      2026 yil 1 iyulgaça xalqaro standartlar böyiça kasbiy malakani baholovçi markaz taşkil qiliş va xorijiy davlatlarda tan olinadigan malaka sertifikati beriş.