Qonuniy iş taşlaş mezonlari

Qonuniy iş taşlaş mezonlarini tuşuniş uçun avvalo Mehnat kodeksiga kiritilayotgan iş taşlaş tuşunçasiga e’tibor qaratiş lozim.

Qonunda yozilgan ta’rifga köra, iş taşlaş – xodimlarning mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va kasbiy manfaatlarini himoya qiliş maqsadida iş beruvçi bilan jamoaviy mehnat nizosini hal etiş usuli sifatida mehnat majburiyatlarini vaqtinça, ixtiyoriy va birgalikda töliq yoki qisman bajarişni töxtatişidir.

Uşbu ta’rifdan kelib çiqib, qonuniy iş taşlaşni tört asosiy mezon orqali tahlil qiliş mumkin: sub’yekt, maqsad, tartib va şakl.

Birinçi mezon: sub’yekt

Yangi qonunga köra, iş taşlaş alohida bitta xodimning individual harakati emas, balki xodimlarning jamoaviy harakatidir. Ya’ni bir xodimning yakka tartibda işni bajarişdan boş tortişi iş taşlaş deb baholanmaydi. Iş taşlaş aynan jamoaviy mehnat nizosi doirasida, xodimlarning umumiy manfaatlarini himoya qiliş vositasi sifatida amalga oşiriladi.

Buni jamoaviy mehnat nizosi tuşunçasi ham tasdiqlaydi. Jamoaviy mehnat nizosi xodimlar yoki ularning vakillari bilan iş beruvçi yoki uning vakillari örtasida yuzaga keladigan nizo hisoblanadi. Demak, iş taşlaş ham aynan xodimlarning yakka tartibdagi emas, balki birgalikdagi harakati sifatida köriladi.

Iş taşlaş töğrisidagi qaror ham bitta xodim tomonidan emas, balki umumiy yiğilişda yoki konferensiyada qabul qilinadi. Bunda umumiy yiğiliş yoki konferensiya iştirokçilarining 50 foizidan köproği yoqlab ovoz berişi talab etiladi. “Xodimlar” deganda esa iş beruvçi bilan mehnat şartnomasi asosida işlayotgan barça xodimlar nazarda tutiladi.

Demak, iş beruvçi bilan mehnat şartnomasi asosida işlayotgan xodimlar iş taşlaş huquqiga ega. Biroq bu huquq yakka tartibda emas, balki jamoaviy mehnat nizosi doirasida amalga oşiriladi. Şu ma’noda, qonun iş taşlaşni individual emas, jamoaviy huquq sifatida belgilayotgani töğri yondaşuvdir.

Şu bilan birga, iş taşlaşga rahbarlik qiliş masalasi alohida e’tibor talab qiladi. Iş taşlaş töğrisida qaror qabul qilgan mehnat jamoasi iş taşlaşga rahbarlik qiluvçi vakilni tanlaydi. Bu vakil boşlanğiç kasaba uyuşmasi qömitasi yoki xodimlarning boşqa vakillik organi vakili bölişi mumkin.

Ikkinçi mezon: maqsad