Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida qalbaki pullarni ötkazmoqçi bölgan şaxslar uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinişiça, departamentning Böka tumani bölimi va IIB xodimlari hamkorligida Qibray tumani, “Yuqori yuz” MFY hududida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.S. 100 dollarlik kupyuradagi qalbaki 3 200 dollarni fuqaro A.I.ga haqiqiy 1 000 dollarga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan. 

Departamentning Sirdaryo tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro S.Z. va boşqalar tadbirkor Ş.N.ning savdo dökonidan xarid qilgan oziq-ovqat mahsulotlari uçun qalbaki 100 ming sömlik kupyurani bergan vaqtida uşlanib, ularning yonidan jami 1,3 mln söm qalbaki pullar aşyoviy dalil sifatida olingan. 

Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qoğozlar yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.