Özbekiston elçisi Oybek Şaxavdinov Vengriyaning Spectrum kompaniyasi direktori Jozef Kovaç bilan uçraşuv ötkazdi.
Unda Spectrum kompaniyasi tomonidan Özbekistonda amalga oşirilayotgan loyihalar portfelini kengaytiriş va joriy oktyabr oyida Qöqon şahrida bölib ötadigan Özbekiston-Vengriya biznes-forumiga tayyorgarlikning borişi bilan boğliq masalalar körib çiqildi.
Jozef Kovaçning aytişiça, hozirda uşbu kompaniya Özbekistonga yangi turdagi bankomat uskunalarini yetkazib beriş böyiça loyiha ustida iş olib borilmoqda. "12-15 oktabr kunlari AQŞda NSR kompaniyasining yangi mahsulotlarning taqdimoti bölib ötadi va bu kabi yangi innovatsion imkoniyatlarni birinçilardan bölib Özbekistonda tatbiq etiş rejalaştirilgan", dedi u.
U, şuningdek, Özbekistonda "Kartoşkaçilik markazi"ni taşkil etiş böyiça işlar qizğin keçayotganini bildirdi. Qayd etilişiça, kompaniya mutaxassislari tajriba tariqasida Toşkent viloyatining Böstonliq tumanida Vengriya kartoşka navlarini ekib, tadqiqot natijalarini kutmoqda. Şuningdek, Spectrum kompaniyasi rahbari yangi yönalişlardan biri bölgan baliqçilik sohasida ham hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oşirişga qiziqiş bildirdi.
Tomonlar joriy oktyabr oyida Qöqon şahrida bölib ötişi rejalaştirilgan biznes-forumga Budapeşt Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Vengriyaning yetakçi tadbirkorlarini jalb qiliş va tadbirni yuqori darajada ötkazişga barça kuç hamda imkoniyatlarni safarbar etişga kelişib oldilar.








