Oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda özaro jipslaşiş zaruratiga katta urğu berilmoqda. Mintaqa davlatlarini bunga undayotgan eng asosiy omillar biri – iqtisodiy manfaatlar. Ammo joriy yilda Özbekistonning qöşni mamlakatlarga eksport hajmi keskin ravişda pasayib ketdi.
Statistika agentligining rasmiy ma’lumotlariga köra, 2024 yilning yanvar-avgust oylarida törtta qöşni mamlakatga eksport hajmi 2023 yilning mos davriga nisbatan quyidagiça miqdorlarda pasaygan:
- Qozoğistonga 950 mln dollardan 872 mln dollargaça;
- Qirğizistonga 491 mln dollardan 365 mln dollargaça;
- Tojikistonga 389 mln dollardan 329 mln dollargaça;
- Turkmanistonga 118 mln dollardan 78 mln dollargaça qisqargan.
Özbekistonning umumiy taşqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining uluşi 2023 yilning dastlabki 9 oyida 11,5 foizni (40 mlrd 45 mln dollarlik TSAning 4 mlrd 574,3 mln dollari MO davlatlari bilan) taşkil etgan bölsa, joriy yilda bu 10,3 foizgaça (42 mlrd 703,3 mln dollarlik TSAning 4 mlrd 400,6 mln dollari MO davlatlari bilan) kamaydi.
Yanvar-avgust oylarida Özbekistonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksporti hajmi (mln dollarda):

“Bu – eksport diversifikatsiyasi bilan boğliq”
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, xarid qobiliyati yuqori bölgan mamlakatlarga eksport hajmini oşirişga köproq e’tibor qaratilayotgani uçun qöşni mamlakatlarga mahsulot yetkazib beriş qisqargan.
“Ötgan davr mobaynida yangi bozorlarni topiş va ularga kirişdagi mavjud tarif va notarif tösiqlarni bartaraf qiliş, murakkab geografik joylaşuvimizni hisobga olgan holda samarali transport-logistika tizimini taşkil qiliş orqali xarid qobiliyati yuqori bölgan Yevropa, arab davlatlari, Janubiy-Şarqiy Osiyo, Amerika qit’asi mamlakatlariga eksport hajmini köpaytirişga alohida e’tibor qaratildi.
Amalga oşirilgan işlar samarasi ölaroq, yanvar-avgust oylarida eksport hajmi Saudiya Arabistoni va Şvetsiyaga qariyb 5 barobar, Portugaliya, Irlandiya, Braziliya, Finlandiya va Bahraynga 4 barobargaça, Sloveniya, Daniya, Marokaş va AQŞga 3 barobargaça, Kanada, Fransiya, Qatar, Litva va Şveytsariyaga 2 barobargaça oşdi.








