Turkiyaning Izmir şahri aeroportida olib borilgan operatsiya çoğida özbek millatiga mansub 6 nafar yölovçi ayol va ularni kutib olişga kelgan şaxslar tintuv qilindi. Natijada, ularning yonida 166 ta quyma oltin va 18 ta öyin konsoli borligi aniqlandi. Kontrabandaga aloqador 7 nafar şaxs qamoqqa olindi, deb xabar berdi Airline Haber.
Qayd qilinişiça, 2 oktyabr kuni ötkazilgan operatsiya davomida şubhali ayol yölovçilar va ularni kutib olişga çiqqan ikki maşina aeroport darvozasida politsiya tomonidan töxtatildi. Dastlabki tintuvlar çoğida har biri 110 gramm bölgan 82 dona quyma oltin, 18 dona öyin konsoli va 3 dona smartfon olib qöyildi.
Sud qarori bilan tana tekşirilganda, ayollarning jinsiy a’zolariga yaşirilgan va har biri 110 gramm oğirlikda bölgan yana 84 ta oltin quymasi borligi aniqlandi. Ular jarrohlik yöli bilan olib taşlandi. Jami 166 ta oltin quymaning umumiy oğirligi 18 kilogramm 500 gramm, bozor qiymati esa taxminan 55 million turk lirasi (≈20,5 mlrd söm) ekani e’lon qilindi.
Operatsiya çoğida 6 nafar yölovçi ayol va ularga yordam bergan gumonlanuvçi qölga olindi. Sud ularni hibsga oliş haqida hukm çiqardi.








