Xon Saroy quriliş kompaniyasi özining navbatdagi “Ocean” loyihasi asosida qurilgan turar joy majmuasini öz egalariga topşirdi.

Özbekistonda quriliş sohasidagi yetakçilardan biriga aylangan kompaniyaning asosiy maqsadi — yuqori standartlarga javob beruvçi zamonaviy binolarni barpo qiliş. Yangi “Ocean” loyihasi ham muvaffaqiyatli yakunlandi.

5 oktyabr kuni xonadon egalari, şou-biznes vakillari va kompaniya mutasaddilari iştirokida tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Toşkent şahrining Yunusobod tumani 16-mavze röparasida joylaşgan “Ocean” loyihasi, 8 ta blokdan va 8 ta kiriş qismidan iborat bölib, zamonaviy arxitektura va qulayliklarni öz içiga oladi. Binolar fasadi noan’anaviy hi tech uslubida qurilgan bölib, har bir xonadonga oçiq terassalar bonus sifatida taqdim etilgan. Loyiha hududida:

- Xavfsiz bolalar maydonçasi

- Eko-hudud

- Tijoriy maydonlar

- Yerosti avtoturargohlar

kabi qulayliklar mavjud bölib, ular har bir xonadon egasining hayotini yanada qulaylaştiradi.

“Xon Saroy Afsonasi” loyihasi

Oçiliş marosimi doirasida kompaniya özining yana bir “Xon Saroy Afsonasi” loyihasi taqdimotini ötkazdi. Yangi majmua poytaxtning Yaşnobod tumanida qurilişi rejalaştirilgan. Bu majmua ham kompaniyaning boşqa loyihalari kabi yuqori standartlar asosida quriladi. Unda 16 qavatli 8 blokdan iborat binolarda 1216 ta xonadon barpo etiladi.