«Men heç qanday dramalaştirmasdan aytişim mumkinki, agar siz aholi evakuatsiya qilinişi lozim bölgan hududlarda qolişni tanlasangiz, ölasiz», — degan Jyeyn Kastor CNN telekompaniyasi efirida.
Töfonlarni kuzatiş milliy markazi (NHC) prognozlariga köra, «Milton» mahalliy vaqt bilan çorşanba kuni keçqurun (Toşkent vaqti bilan payşanba kunining birinçi yarmida) Florida sohillariga yetib kelişi kutilmoqda.
Ştatning uç milliondan ortiq kişi yaşovçi markaziy va ğarbiy hududlari tabiiy ofat epimarkazi bölişi kutilmoqda.

Sinoptiklar kuçli yomğir va kuçli şamollar nafaqat sohil hududlarda, balki ştat içkarisida ham kuçli toşqinlar keltirib çiqarişidan ogohlantirmoqda.
Sohilda tölqin balandligi 3-4 metrga yetişi mumkin.
Floridadagi axloq tuzatiş muassasalari departamentiga köra, 4,5 mingdan ortiq mahbus «jamoat xavfsizligiga zarar yetkazmagan holda» tabiiy ofat qamrab olişi kutilayotgan hududdan köçirilgan.
Şuningdek, Tampa atrofida joylaşgan harbiy aviabaza ham evakuatsiya qilingan.

AQŞ hukumatining Favqulodda vaziyatlarni boşqariş böyiça federal agentligi ma’lum qilişiça, jabrlangan hududlarga yetkazib beriş uçun 20 mln porsiya yegulik hamda 40 mln litr suv tayyorlab qöyilgan.
Agentlik «Milton» oqibatlarini bartaraf etiş uçun zarur resurslar maksimal darajada tayyorlanganini xabar qilgan: bular şahar va dengiz qidiruv-qutqaruv guruhlari, tibbiyot bölinmalari, AQŞ Armiya korpusidan vaqtinçalik guruhlar, muhandislar va çiqindilarni yöq qiliş böyiça mutaxassislar.
«Milton» töfoni nimasi bilan xavfli?













