«Bunday bölişidan xudo asrasin, ammo hozirda barçasi aynan şunday bölib körinmoqda, — degan u mahalliy aholini evakuatsiyaga çaqirgan holda. — Bu hayot-mamot masalasi».

Şuningdek, prezident mintaqadagi barça siyosiy kuçlar vakillari bilan muzokaralar ötkazib, ularga «talab qilinişi mumkin bölgan har qanday yordam»ni va’da qilganini aytgan.

Avvalroq Oq uy matbuot xizmati töfon tufayli prezident taqvimida şu kunlarga rejalaştirilgan Germaniya va Angola safarlarini qoldirişga qaror qilingani haqida xabar bergandi.

«„Milton“ töfonining prognoz qilinayotgan trayektoriyasi va kuçini inobatga olib, prezident Bayden „Milton“ töfoniga tayyorgarlik va reaksiya körsatiş çoralarini nazorat iqliş uçun Germaniya va Angolaga bölajak safarlarini qoldirmoqda», — degan Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Piyer.

Amerika yetakçisi Germaniyaga taşrifi çoğida GFR kansleri Olaf Şols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Britaniya boş vaziri Kir Starmer hamda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan birgalikda Ukrainani qöllab-quvvatlaş masalasiga bağişlangan uçraşuvda iştirok etişni rejalaştirgandi.

Bundan taşqari, Bayden Kiyev ittifoqçilaridan iborat koalitsiyaning kengaytirilgan yiğilişi ötkaziladigan Ramştayn aviabazasiga borişi közda tutilgandi. Bayden Germaniyadan Angolaga yöl olişi kerak edi.

GFR hukumati matbuot kotibi Şteffen Hebeştrayt Berlindagilar Baydenning qaroridan afsusdaligi, ammo buni töğri qabul qilişlarini bildirgan.

Bir kun oldin «Milton» töfoni maksimal darajada kuçayib — beşinçi toifaga yetgandi. Mutaxassislar Florida sohillarida halokatli oqibatlar röy berişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Seşanba kunining ikkinçi yarmida töfon biroz kuçsizlandi va törtinçi toifaga tuşdi, şamol tezligi soatiga 250 kilometrdan oşmadi, ammo keyin yana beşinçi toifagaça kuçaydi.

Töfon markazida şamol tezligi soatiga 270 kilometr atrofida bölmoqda, uning tezligi yanada oşişi mumkin.

Yevropa va dunyoning köplab mamlakatlarida qabul qilingan Bofort şkalasiga köra, şamol tezligi soatiga 117 kilometrdan oşganida töfon hisoblanadi va taxminan şu darajadan uning darajasi Amerikaning Saffir-Simpson şkalasi böyiça hisoblana boşlanadi.