Germaniya hukumati hukumat idoralari va muhim infratuzilmani josuslik va diversiyalardan himoya qilişni kuçaytirişga qaratilgan qonun loyihasini qabul qildi. Bu xodimlarni yanada samarali tekşirişni, jumladan, ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotlarni elakdan ötkazişni ham öz içiga oladi, deb xabar qildi Germaniya Içki işlar vazirligi 9 oktyabr, çorşanba kuni.
Konstitutsiyani himoya qiliş idoralari Germaniya xavfsizligi uçun muhim bölgan davlat idoralari va kompaniyalar xodimlarining konstitutsiyaga zid bayonotlarini aniqlaş uçun internetda köproq tekşiruvlar ötkazişi mumkin böladi.
Konstitutsiyaga sodiqlik va xorijiy maxsus xizmatlar uçun zaifliklarni aniqlaş
Internetda va ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda «konstitutsiyaning işonçliligini har tomonlama baholaş imkonini beruvçi muhim ma’lumotlarni köplab uçratiş mumkin», dedi hukumat rasmiy vakili Şteffen Xebeştrayt. Bundan taşqari, şu yöl bilan davlat xizmatçilarining xorijiy maxsus xizmatlar oldida ehtimoliy zaifligini aniqlaş imkoni mavjud, dedi u.
Majburiy kengaytirilgan tekşiruvlar davlat xavfsizligi uçun muhim bölgan sohalardagi xodimlarga, şu jumladan elektr ta’minoti kompaniyalari va federal hokimiyat organlari — federal vazirliklar, federal kansler idorasi va federal prezident idorasiga tegişli.
GFR hukumati xavfsizlikka xatarlarni kamaytiriş niyatida
Şunday qilib, federal hukumat xavfsizlikka yangi tahdidlar munosabati bilan çoralar körmoqda, deb ta’kidladi Içki işlar vazirligi. Idora rahbari Nensi Fezerning tuşuntirişiça, josuslik va diversiyalar orqali demokratiyaga tahdid «yangi daraja»ga kötarilgan. «Rossiyaning Yevropadagi tajovuzkorligi xavfsizlik bilan boğliq vaziyatni tubdan özgartirdi. Bundan taşqari, Germaniya boşqa davlatlar maxsus xizmatlarining diqqat markazida», — deya qöşimça qildi u.
Xavfsizlikka xatarlarni kamaytiriş uçun Germaniya davlat boşqaruvi va muhim infratuzilmadagi nozik vazifalar va maxfiy ma’lumotlar kimga işonib topşirilganini sinçiklab tekşiradi, dedi vazir.







