Tunda «Milton» töfoni Floridaning markaziy qismi böylab ötdi va tornado hodisalarini keltirib çiqarib, önlab uylarni vayron qildi. 3 milliondan ortiq xonadon va korxonalar elektr ta’minotidan uzilgan.

«Milton» beşinçi toifali töfon sifatida boşlangandi, ammo quruqlikka yetib kelganida meteorologlar uning darajasini uçinçigaça tuşirdi, hozirda esa u hamon jiddiy xavf solayotgan bölsa-da, eng kuçsiz – birinçi toifadagi töfonga aylanib qolgan.

AQŞ Töfonlarni örganiş milliy markazi ma’lumotiga köra, «Milton» mahalliy vaqt bilan çorşanba kuni keçqurun soat 20:30 atrofida Floridaning Siyesta-Ki oroliga yetib kelganida, şamol tezligi 195 km/soatni taşkil etayotgandi. Payşanba kuni tongida şamol tezligi soatiga 150 kilometrgaça tuşdi.

«Milton»ning quruqlik böylab harakati kuçli yomğirlar va vayronkor böronlar bilan birga keçdi. Töfon NASA kosmodromi joylaşgan Kanaveral burnidan taxminan 75 km janubi-ğarbdan ötgan.

Tampa körfazi hududi, jumladan, Tampa, Sankt-Peterburg va Kliruoter şaharlarida suv toşqinlari xavfi tufayli favqulodda holat rejimi joriy etildi. Çorşanba kuni Sankt-Peterburgda 16,6 422 mm yoğin tuşib bölgandi. Xabarlarga köra, şaharda içimlik suvi qolmagan.

«Milton» Sankt-Peterburgdagi 42 ming tomoşabinga möljallangan «Tropikana Fild» beysbol stadionining gumbaz şaklidagi tomining bir qismini buzib taşlagan. Mahalliy naşrlarga köra, stadion qutqaruvçilar uçun boşpana sifatida foydalanilayotgandi, ammo ular orasida jabrlanganlar yöq.

NBC News naşri Sent-Lyusi okrugi şerifi Kit Pirsonga asoslanib xabar berişiça, Floridaning şarqiy sohil qismidagi Fort-Pirs şahrida tornado tufayli keksalar uyida kamida ikki kişi halok bölgan. Pirsonning ma’lumotiga köra, 17 marta tornado hodisasi kuzatilgan okrugda 100 ta uy vayron bölgan.

Ştatning Atlantika okeani sohili qismidan ham jabrlanganlar haqida xabarlar kelgan, ammo hozirça aniq raqamlar yöq. Palm-Biçda beş kişi şifoxonaga yotqizilgan, ammo mahalliy rasmiylar jabrlanuvçilar soni köproq bölişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Sinoptiklar töfon markazi uç million atrofida odam yaşaydigan Tampa-Bey megapolisidan ötişini kutişgandi. Yakunda epimarkaz Tampa-Beydan taxminan 100 km janubda joylaşgan, 5400 nafarga yaqin aholi yaşaydigan Siyesta-Ki şahridan ötdi.