Nepallik ösmir Yer yuzidagi 14 ta çöqqini zabt etib, eng yoş alpinist sifatida jahon rekordini örnatdi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilişiça, 18 yoşli Nima Rinji Şerp Tibetdagi Şişa Pangma toği çöqqisiga 9 oktyabr kuni soat 06:05 da kötarilgan. Şunda qilib, u Xalqaro alpinizm federatsiyasi tomonidan 8 ming metrdan baland deya tan olingan 14 ta çöqqiga kötarilgan kam sonli insonlardan biriga aylangan.
Şerp baland çöqqilarni zabt etişni 16 yoşida boşlagan bölib, 8 ming metrdan baland toğlarga çiqişga 740 kun sarflagan. 2022 yil 30 sentabr kuni u dunyoda balandligi böyiça sakkizinçi örinda turadigan Nepaldagi Manaslu toğiga kötarilgandi.
Ösmir bunga qadar ham qator rekordlarni örnatgan — u dunyodagi eng yoş alpinist, Himoloyning G1 va G2 çöqqilarini zabt etgan inson, Kaşmirdagi Nangaparbatga kötarilgan eng yoş alpinist hamda 10 soat içida Everest va uning yaqinidagi Lxotsze çöqqisiga çiqqan eng yoş alpinist hisoblanadi.
«Şerp» sözi odatda Everest hududida faoliyat yuritadigan toğdagi yölboşçilarga nisbatan işlatilsada, aslida u Nepal toğlarida yaşovçi etnik guruhlarga tegişli.
Nina Rinjining aytişiça, u yoş şerplarga «ular şunçaki alpinist-yordamçi degan stereotiplarini yengib ötib, birinçi toifali sportçi sifatida öz potensialini oçişlariga yordam beriş»ni niyat qilgan.








