O‘zbekiston 2024 yilning yanvar-avgust oylarida xorijdan qiymati 166,8 mln AQSh dollariga 12 913 ta elektromobil import qilgan.
Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 8 oyda O‘zbekiston eng ko‘p elektromobil import qilgan davlatlar orasida Xitoy yetakchilik qilmoqda – 12 840 ta.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 22 ta va 15 ta elektromobil olib kelingan Qozog‘iston hamda Hongkong joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
— Germaniya – 12 ta;
— BAA – 10 ta;
— AQSh – 9 ta.











