Çorvaçilikka ixtisoslaşgan 13 ta tumanda 75 ming gektar ozuqa maydonidan samarali foydalaniş, kiçik çorvaçilik loyihalarini moliyalaştiriş, sut qabul qiliş punktlari va ozuqa sotiş şoxobçalarini taşkil etiş közda tutilgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev çorvaçilik va parrandaçilik tarmoqlarini rivojlantiriş, göşt va sut mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş çora-tadbirlari yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Özbekistonda aholi soni va turizm oqimining ösişi oziq-ovqat mahsulotlariga bölgan talabni ham oşirmoqda. Hozirgi kunda göştga bölgan yillik talab 2 million 150 ming tonnani, işlab çiqariş hajmi esa 1 million 600 ming tonnani taşkil etmoqda.

Şu bois, taqdimotda 2026-2028 yillarda çorvaçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmini oşiriş böyiça işlab çiqilgan kompleks çoralar muhokama qilindi.
Faoliyat yuritmayotgan korxonalarni tiklaş, çorvaçilikka ixtisoslaşgan tumanlarni qöllab-quvvatlaş, aholi xonadonlarida yengil konstruksiyali molxonalar quriş va yangi loyihalarni amalga oşiriş hisobiga qöşimça 190 ming tonna göşt işlab çiqariş imkoniyati mavjudligi qayd etildi.
Jumladan, faoliyati töxtab qolgan 103 ta çorvaçilik korxonasini soğlomlaştiriş rejalaştirilgan. Ularning qarzlarini restrukturizatsiya qiliş yoki ön yilga bölib tölaş, ozuqa yetiştiriş uçun yer maydonlari ajratiş va naslli mollar bilan ta’minlaş taklif etildi. Natijada 33 ming boş qoramol parvarişlanib, yiliga 12 ming tonna göşt va 40 ming tonna sut işlab çiqariş imkoniyati yaratiladi.
Çorvaçilikka ixtisoslaşgan 13 ta tumanda 75 ming gektar ozuqa maydonidan samarali foydalaniş, kiçik çorvaçilik loyihalarini moliyalaştiriş, sut qabul qiliş punktlari va ozuqa sotiş şoxobçalarini taşkil etiş közda tutilgan.
Şuningdek, aholi xonadonlarida 20 sotix maydonda yengil konstruksiyali 11 mingta molxona quriş va ularda 421 ming boş qoramol parvarişlaş rejalaştirilgan.
Umumiy qiymati 3 trillion söm bölgan 802 ta yangi loyiha doirasida 68 ming boşdan ziyod qoramol hamda 186 ming boş qöy va eçki parvarişlaş közda tutilgan. Uşbu loyihalar yiliga qöşimça 20 ming tonna göşt va 120 ming tonna sut işlab çiqariş imkonini beradi.


















