Yangi Zelandiyada uç yil oldin farzandlari bilan yovvoyi ğoyib bölgan ota ilk bor ommaga köriniş berdi, deb yozadi BBC.

Tom Fillips 2021 yil dekabrda rafiqasi bilan janjallaşib qolganidan keyin Ember (8 yoş), Maverika (9 yoş) va Jaydu (11 yoş) ismli uç nafar farzandini olib, uydan çiqib ketgan. Politsiyaning taxminiça, u oroldagi Vaykato hududiga joylaşgan — erkakning qayerda ekani haqida biror ma’lumot berganlarga 37,2 ming funt sterling va’da qilingan.

Ötgan hafta bir guruh ösmirlar öz telefonlariga noma’lum şaxslarni tasvirga olgan. Yangi Zelandiya OAVga köra, ösmirlar qidiruvda bölgan bolalarning biri bilan gaplaşişgan. Ularning aytişiça, uzun soqol qöyib olgan Fillipsning yonida qurol bölgan, bolalar esa niqob taqqan holda harakatlangan.

Mamlakat politsiyasi uşbu ma’lumotni «işonçli» deb atab, bolalarning qarindoşlari uçun bu yaxşi yangilik ekanini bildirdi. 

Huquq-tartibot idoralarining ma’lum qilişiça, bolalar oxirgi uç yildan beri boşqa odamlar bilan muloqot qilmagan va heç qanaqa ta’lim olmagan. «Bizningçi, Tom va uning farzandlariga kimlardir yordam körsatmoqda. Şu bois uşbu insonlarni bunday qilmaslikka, töğri yöl tutib, politsiyaga murojaat qilişga çaqiramiz», — deydi detektiv-inspektor Endryu Sonders.

Ötgan yili Fillipsni hibsga olişga order berilgan, u Şimoliy oroldagi kiçik şaharda joylaşgan bankni ömarişga aloqadorlikda gumonlangan. Politsiyaga köra, mazkur holatni örganiş davrida uning qurollangan şerigi ham bölgani aniqlangan.