Endilikda Tenge Business ilovasi orqali moliyani masofaviy boşqariş mumkin. Tenge Bank doimo mijozlar bilan özaro munosabat jarayonini soddalaştirişga va moliyaviy xizmatlarni zamonaviy bozor talablariga moslaştirişga intiladi. Endi Tenge Business mobil ilovasining yangi imkoniyatlari tufayli uzoq va byurokratik jarayon tez hamda qulay böldi. Uşbu ilova orqali tadbirkorlar bankka taşrif buyurmasdan va bir qator hujjatlarni taqdim etmasdan onlayn hisob raqamini oçişlari mumkin.
Endilikda yuridik şaxs hisob oçiş uçun Tenge Business mobil ilovasini yuklab olişi va örnatişi, identifikatsiyadan ötişi, şuningdek, şaxsni tasdiqlovçi hujjat ma’lumotlarini kiritişi kifoya.
“Tadbirkorlar bank hisobraqamini oçişda duç keladigan asosiy muammolardan biri ariza körib çiqiş muddati va byurokratiyadir. Bizning maqsadimiz – yuqori sifatli va innovatsion xizmatlarni taklif qiliş orqali mijozlar tajribasini osonlaştiriş va soddalaştiriş, hamda şu orqali ularning ehtiyojlarini qoniqtiriş darajasini oşiriş hisoblanadi”, — deb ta’kidladi Tenge Bank korporativ biznes departamenti direktori Bayan Abildayeva.
“Digital Uzbekistan-2024” 4-Xalqaro PLUS forumida Tenge Business ilovasining yangi funksiyalari taqdim etilganidan buyon köplab biznes vakillari raqamli xizmatdan foydalanişga muvaffaq bölişdi va ular öz navbatida jarayon tezligini, qulayligini va innovatsion yondaşuvini ta’kidlab ötişdi.
Eslatib ötamiz, joriy yilning may oyida Tenge Business “ PLUS Galaxy Award 2024” tanlovi doirasida “Biznes uçun eng yaxşi mobil bank” nominatsiyasida ğolib deb topilgan edi.
Tenge Business mobil ilovasini uşbu havola orqali yuklab oliş mumkin.
Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barça toifadagi korporativ va çakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar körsatadigan universal bankdir. Bank Qozoğiston Xalq Bankining (Halyk Bank) şu’ba korxonasi hisoblanadi.
Halyk Bank Qozoğistondagi eng yirik tizimni taşkil etuvçi banklardan biri bölib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakçi moliya institutlaridan biri bölib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmoğiga ega.
Halyk Group çakana va korporativ mijozlarga, kiçik va örta biznesga bank xizmatlarining töliq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va Özbekistonda ham faoliyat yuritadi.











