2023 yil avgust oyida bosib olingan hududda ğoyib bölgan, keyin esa Rossiya Federatsiyasida garovda uşlab turilgan ukrainalik mustaqil jurnalist Viktoriya Roşçina vafot etdi. Bu ma’lumotni 10 oktyabr, payşanba kuni Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab spikeri Petr Yatsenko tasdiqladi.

«Afsuski, Viktoriyaning ölimi haqidagi ma’lumot tasdiqlandi va biz uçun bu juda qayğuli xabar, uning ölimi holatlari haqida gapirişga hali erta», — dedi u «Yedinyye novosti» milliy telemarafon efirida.

Avvalroq jurnalistning oilasiga Rossiya Mudofaa vazirligidan uning 19 sentabr kuni – Taganrogdan Moskvaga olib ketilayotgani vafot etgani haqida xat kelgan.

6 oktyabr kuni Roşçina 28 yoşga tölgan bölardi.

GUR: Roşçina almaşinuv doirasida qaytarilişi kerak edi

Ukraina Mudofaa vazirligi Boş razvedka boşqarmasi (GUR) vakili Andrey Yusov «Suspіlne» telekanaliga bergan izohida, jurnalistni almaşiş doirasida Ukrainaga qaytişi Rossiya Federatsiyasi bilan kelişib olinganini aytdi.

«Oxirgi ma’lumotlarga köra, u yaqin kunlarda uyiga qaytişga tayyorgarlik köriş uçun Lefortovo tergov izolyatoriga ötkazilgan», — dedi u.

Rossiyadagi asirlik

2022 yil fevral oyidan boşlab Roşçina Ukraina şarqi va janubidagi harbiy amaliyotlar haqidagi materiallarni çop etib kelgan. Xususan, bosib olingan Energodardan Rossiya kuçlari tomonidan Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiya egallab olingani va Gulyaypoldan ​​doimiy bombardimon ostida hayot haqida reportajlar bergan. U bir qator Ukraina ommaviy axborot vositalari — «Suspіlne» va «Ukrainskaya pravda» bilan hamkorlik qilgan. 2022 yilda u Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi haqidagi reportaji uçun Xalqaro ayollar media jamğarmasining «Jurnalistikadagi jasorat» mukofotiga sazovor böldi.

Roşçina bir neça bor rus harbiylari tomonidan qölga olingan. 2022 yil 11 martda u Mariupolga ketayotganida josuslikda ayblanib, FSB xodimlari tomonidan uşlandi. Jurnalist 10 kun uşlab turilgan, ammo keyin asirga olingan rus askarlariga almaştirilgan. Şundan söng, Roşçina öz ona şahri Zaporijjyaga qaytib keldi va Ukraina nazorati ostidagi hududda işlaşni davom ettirdi.

2023 yilning yozida u Rossiya orqali Ukraina şarqidagi egallab olingan hududlarga boriş uçun Ukrainadan Polşaga yöl oldi. Jurnalist u yerda ğoyib böldi va 2024 yil may oyida Rossiya Mudofaa vazirligi uning qölga olingani hamda Rossiya hududida ekanligini tasdiqladi. Keyinçalik Xalqaro Qizil Xoç qömitasi Roşçina garovda saqlanayotganini tasdiqladi, ammo u bilan boğlaniş imkoni bölmadi.