Prezident tomonidan «Ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun imzolandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan özgartirişga köra, Özbekiston davlat çegarasini yorib ötiş yöli bilan belgilangan tartibni buzib çet elga çiqiş yoki Özbekistonga kiriş yoxud çegaradan ötiş jinoyat tarkibini taşkil etadi.

Jinoyat protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodekslarda, tergovga qadar tekşiruvni ötkazuvçi, şuningdek ma’muriy yöl bilan uşlab turiş vakolatiga ega sub’yekt DXXning Çegara qöşinlari ekanligi töğrisida aniqlik kiritilmoqda (ilgari çegarani qöriqlaş organlari, çegara qöşinlari körsatilgan).

Şu kabi aniqliklar quyidagi qonunlarga kiritilmoqda:

  • «Temiryöl transporti töğrisida»
  • «Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş töğrisida»;
  • «Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida»;
  • Bojxona kodeksi.

Bundan taşqari, endilikda boşqa davlatlar hududida doimiy yaşaydigan çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxslar özi haqida bila turib soxta ma’lumotlar bergan bölsa, qalbaki hujjatlarni taqdim etgan bölsa yoki zarur hujjatlarni taqdim etmagan bölsa yoxud biometrik ma’lumotlarni topşirişni rad etayotgan bölsa, Özbekiston hududiga kiriş rad etilişi mumkin.