Janubiy Koreya bilan Irlandiya örtasida umumiy jihatlar bormi-yöqmi — bahsli masala. Ammo bu davlatlar konturlariga qaralsa, yaqqol öxşaşlikni köriş mumkin.
Italiya — xaritadagi eng taniş davlatlardan biri, ammo infografika mualliflari unga ham “juft” topgan — Laos. Garçi bu holatdagi öxşaşlik ança uzoqroq bölsa-da.
Tanlovga Çernogoriya va Kosovo ham kiritilgan: ular nafaqat şaklan öxşaş, balki bir-biriga qöşni ham. Aytgança, Çernogoriya Kosovo mustaqilligini tan olgan davlatlar qatoriga kiradi.
Lixtenşteynga ham “juft” topilgan. Şakliga köra, dunyodagi eng kiçik davlatlardan biri Lyuksemburgni eslatadi. Aytgança, Lyuksemburg hududiga taxminan 16 ta Lixtenşteyn siğişi mumkin.
Infografikadagi davlatlar orasida eng kattasi — Argentina. Maydoni böyiça u dunyoda 8-örinda turadi. Şaklan Argentina haqiqatan ham Livanni biroz eslatadi, biroq hududi böyiça u Livandan taxminan 267 marta katta.

















