Qozoğiston fond birjasi (KASE) Moskva birjasi (MOEX) bilan 2018 yildan boşlab strategik hamkorlik şartnomasi asosida tuzilgan munosabatlarini töxtatganini e’lon qildi.
Bundan taşqari, Moskva birjasi KASE aksiyadorlari tarkibidan ham çiqdi. Qozoğiston Milliy banki raisi Timur Suleymenov 11 oktyabr kuni bölib ötgan brifingda Moskva birjasini KASE aksiyadorlari tarkibidan çiqariş böyiça «prinsipial qaror» qabul qilinganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, qarorni Qozoğiston tomoni ham, Rossiya tomoni ham qöllab-quvvatlagan.
Qayd qilinişiça, bunga Moskva birjasining sanksiyalar ostiga tuşgani va Qozoğiston birjasi faoliyatiga «xalaqit» berişi mumkinligi sabab bölgan.
KASE aksiyalarining 13,1 foizi Moskva birjasiga tegişli edi. Avvalroq,
Qozoğiston birjasi Moskva birjasidan öz aksiyalarini qaytarib sotib oliş masalasini muhokama qilmoqçi ekani ma’lum bölgan edi. Bu 12 iyun kuni Moskva birjasi Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysi bilan birga AQŞ sanksiyalari ostida qolganidan keyin sodir böldi. Qozoğiston birjasi ta’kidlaganidek, uning aksiyadorlari orasida sanksiyalangan şaxsning mavjudligi xorijiy moliyaviy taşkilotlar va şeriklar bilan biznes aloqalarini örnatiş va qöllab-quvvatlaşni çeklaydi.









