Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida SAMMET korxonasining metall mahsulotlari yetkazib beriş va saqlaş uçun möljallangan yangi omborxonasi oçildi. Ombor zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bölib, import mahsulotlarning keng assortimenti, ularni tez va samarali yetkazib beriş imkoniyatlari yaratilgan.

“SAMMET korxonasining aynan Samarqandda joylaşgan ombori strategik ahamiyatga ega hisoblanadi. Çunki davlat rahbari tomonidan Samarqandga qaratilayotgan e’tiborni his qilgan holda aynan şu viloyatni tanladik. Samarqandda yaqin orada böladigan qurilişlar, atrofdagi viloyatlarda böladigan qurilişlar savdomizga va tuman-şahar arxitekturasi gözallaşişiga, murakkab konstruksiyadagi binolar köpayişiga ta’sir körsatadi. Bunga öz hissamiz qöşiladi deb öylaymiz.

Korxonamiz butun respublika böylab mahalliy işlab çiqaruvçi korxonalarning metall mahsulotlari yetkazib beriş bilan şuğullanadi. Şuningdek, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan metall mahsulotlarini xorijiy korxonalardan importini ham amalga oşiramiz.

SAMMET korxonasi bundan 10 yil avval “SAMMET-SAVDO” brendi ostida faoliyat boşlagan bölsa, hozirda respublikaning Namangan, Toşkent, Buxoro va Samarqandda filiallariga ega.

Bu yildan rebrending qilib zamonaviy tizim, zamonaviy yeçim bilan Samarqand namunasida respublikadagi boşqa omborlarini ham şu şaklga keltirişni boşladik. Boşqa hududlarda ham öz xizmatlarimizni yölga qöyişni maqsad qilganmiz”, dedi SAMMET korxonasi ijroçi direktori Elmurod Murodov.

Tantanali oçiliş marosimida korxona rahbarlari va mahalliy ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat vakillari iştirok etişdi. SAMMET korxonasining yangi bazasi iqtisodiyotni rivojlantiriş, mahalliy işlab çiqarişni qöllab-quvvatlaş va aholiga iş örinlari yaratişda muhim ahamiyatga ega. SAMMET Samarqand filiali rahbari Javlon Mardonovga köra, uşbu loyiha orqali mahalliy aholi vakillariga iş örinlari ham yaratilmoqda.

“Yangi bazamiz Samarqandning eng qulay manzilida – Past Darğom tumanida oçilgan. Bugungi kunda 3-4 mln AQŞ dollari atrofida sarmoya kiritgan bölsak, 2025 yilda 10 mln dollarga kötarmoqçimiz.