13 oktyabrga ötar keçasi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod şahridagi Kingdom Arena stadionida rossiyalik ikki yengilmas boksçi: IBF, WBC va WBO versiyalari böyiça yarimoğir vazn çempioni Artur Beterbiyev va WBA Super versiyasi çempioni Dmitriy Bivol örtasida uzoq kutilgan jang ötkazildi.

Bu jangni ançadan buyon rejalaştirib kelişayotgandi, ammo uni taşkillaştiriş oson keçmadi. Tomonlar uzoq vaqt davomida promouterlarning pozitsiyasi tufayli kelişa olmadi. Nihoyat jang 2024 yil 1 iyun kuniga belgilanganida, uni Beterbiyevning jarohati tufayli bekor qilişdi. Şunga qaramay, öşa kuni Bivol ringga çiqdi va ğalaba qozondi, mutlaq çempionlik uçun jang esa oktyabrga köçirildi.
1 iyun kuni Bivol liviyalik Malik Zinadni oltinçi raundda nokautga uçratgandi, bu uning uçun 2018 yil martidan buyon ilk bor jangni muddatidan oldin yakunlaşi böldi, öşanda u Sallivan Barrerani taslim etgandi. Keyingi olti yil içida Dmitriy töqqiz jang ötkazib, ularning birortasida nokaut qila olmadi, lekin boksdagi asosiy figuralardan biriga aylandi. Uning eng muhim ğalabasi taniqli boksçi Saul «Kanelo» Alvares ustidan oçkolar böyiça qozonilgan ğalaba bölgandi.
Artur Beterbiyevning oxirgi jangi esa 2024 yil yanvarida Kallum Smitga qarşi keçib, jang yettinçi raunddayoq yakuniga yetgandi. Artur professional boksda 20 jang ötkazib, barçasida nokaut bilan ğalaba qozongan. Uning sönggi raqiblari qatorida Smitdan taşqari, Entoni Yard, kiçik Jo Smit, Markus Braun va Adam Daynes kabilarni keltiriş mumkin.
Jangning ilk soniyalaridanoq Beterbiyev ring markazini egalladi va asosan çap qöl jyeb zarbasiga tayandi. Bivol esa heç qayoqqa şoşilmadi, raqibining zaif nuqtalarini qidirdi va yengil kombinatsiyalar amalga oşirdi. Bu oraliq yakunida Dmitriy ikkitalik zarbasi bilan raqibning boşiga zarba tekkizdi. Beterbiyevning zarbalari köpinça blokka urilayotgandi, ammo gong çalinişiga bir neça soniya qolganida raqiblar kutilmaganda oldinga taşlanişdi — Dmitriy jağ qismiga bir neça zarbalar ötkazib yubordi, lekin bu jiddiy muammo tuğdirmadi. Ikkinçi raund ham şu ruhda boşlandi: Bivol masofa saqladi, Artur esa yaqinlaşişga harakat qildi. Dmitriy kuçsiz zarbalar seriyasini yöllaşdan tortinmadi — bu borada u Beterbiyevdan özib ketdi, Artur esa pressingni davom ettirdi va uning zarbalari nisbatan xavfliroq köriniş oldi.
Uçinçi raund boşida Beterbiyev yanada şiddat bilan oldinga ötdi. Bivol raqibini çap qöl jyeb zarbasi bilan kutib olişga urindi, ammo bunday bosim tufayli davomli zarbalar yöllaş qiyin edi. Şunga qaramay, Dmitriy yaxşigina qarşi hujumlar uyuştirdi, uç daqiqalik yakunida esa raqiblar yana savalaşib ketişdi — bu safar Bivol tavakkal qilmadi va klinçga kirdi. Dmitriy törtinçi raundda ring böylab köproq harakat qila boşladi — raqibi esa rejadan oğişmadi va şunçaki zarbalar bilan oldinga taşlandi, bu zarbalar köpinça metin himoyadan ötmadi. Sönggi soniyalarda Beterbiyevning javobsiz qolgan bir neça zarbalari tufayli raund unga yozildi.














