Raqobat qömitasining ma’lum qilişiça, aholidan tuşayotgan murojaatlar böyiça qömitaning Namangan viloyati hududiy boşqarmasi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MÇJning 2024 yilning I yarim yilligidagi faoliyati yuzasidan örganiş ötkazilgan.
Örganiş davomida, MÇJning Namangan şahar, Davlatobod, Yangi Namangan, Töraqörğon, Namangan va Mingbuloq tumanlari MFYlardagi iste’molçi abonentlar-xonadonlariga xizmat körsatiş sifati böyiça olingan dalolatnomalar tahlil qilingan.
Şunda Namangan viloyatning 6 ta hududida joylaşgan 275 ta MFYda 1,3 millionga yaqin aholi yaşasa-da, taşkilot tomonidan hududda 176 ta MFYdagi 633 598 nafar aholi qamrab olinmagani hamda 762 512 nafar iste’molçiga 11 mlrd söm körsatilmagan xizmat uçun haq hisoblangani holatlari aniqlangan.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, hududiy boşqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MÇJga nisbatan “Iste’molçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi Qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilganligi yuzasidan belgilangan tartibda iş qözğatilgan.
MÇJga 762 512 nafar iste’molçi foydasiga 11 mlrd sömni qayta hisob-kitob qiliş böyiça bajarilişi majburiy bölgan körsatma berilgan.








