Bir qator jahon ommaviy axborot vositalari 12 oktyabr, şanba kuni Rossiya koloniyasida vafot etgan rossiyalik siyosatçi Aleksey Navalniyning xotiralaridan parçalarni çop etdi. «Patriot» kitobining bir neçta bölimlari Amerikaning The New Yorker, Germaniyaning Der Spiegel jurnalida, Fransiyaning El Pais va Britaniyaning The Times gazetalarida qayta naşr etilgan.

Kitobga kiritilgan Navalniyning kundaliklaridan parçalar 2021 yil 21 yanvarda — siyosatçi "Noviçok" bilan zaharlanişdan omon qolgani, Germaniyadan Rossiyaga qaytib kelgani va "Şeremetevo" aeroportida çegara nazoratida qölga olinganidan keyin psixologga taşrifidan boşlanadi.

Yozuvlar siyosatçi allaqaçon Vladimir oblasti Pokrov şahridagi umumiy rejimli koloniyaga yuborilgan öşa yilning aprelini qamrab oladi. Unda Navalniy uni davolaşdan boş tortişganidan şikoyat etgan va şuning uçun 31 mart kuni oçlik e’lon qilgan. Navalniy bir neça hafta oçlik e’lon qilganini tasvirlar ekan, koloniya xodimlari qanday qilib çöntagiga konfet solib qöygani, hamma joyda unga ergaşgan «ayğoqçilar» va uni ovqat hidi bilan «aldaşga» urinişlar haqida gapirgan.

«Bugun men tuşkunlikka tuşdim. Hammomga bordik. Issiq duşga zörğa çidadim. Oyoqlarim böşaşib ketayotgandi. Keçqurun - umuman kuçim yöq. Men faqat yotişni xohlayapman. Hissiy va ruhiy tuşkunlikni his qilyapman», — degan Navalniy oçlik e’lon qilganining ikkinçi haftasini tasvirlab.

20 aprel kuni Navalniy mustaqil ekspertizadan ötkazilgan va 23 aprel kuni oçlikni töxtatayotganini ma’lum qilgan. «Men sözsiz işonadigan şifokorlar keça bayonot bilan çiqdilar, biz oçlikni töxtatişim uçun yetarli narsaga erişdik, deb öylayman», — deb yozgan Navalniy.

El Mundo: «GRU» xodimi Rubsov Navalniyni Yevropada kuzatib yurgan

Jurnalist va «harbiy muxbir» bölib yaşirin işlagan rossiyalik josus Pablo Gonsales (Rossiya pasportiga köra — Pavel Rubsov) Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan 2017 yilda siyosatçi Aleksey Navalniy şikastlangan közi böyiça Yevropada davolanayotgan paytda uni kuzatiş haqida topşiriq olgan. Bu haqda Ispaniyaning El Mundo naşri 6 oktyabr kuni Gonsalesga qarşi hozirda Polşada tergov qilinayotgan josuslik işi böyiça tergov hujjatlariga tayanib yozdi.

Ispaniya maxsus xizmatlariga tuşgan materiallarga köra, Gonsales (Rubsov) Rossiya davlat buyurtmaçilariga Aleksey Navalniy davolangan Barselona va Lozannadagi klinikalar haqida ma’lumot bergan. El Mundo naşriga köra, ayğoqçi siyosatçi bilan kamida ikki marta uçraşgan va uçraşuvlardan birida Navalniy 2020 yilda «Noviçok» bilan zaharlanganidan keyin u bilan selfiga tuşib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan. Gonsales suratga siyosatçi Rossiya hukumati tomonidan ta’qibga uçramadi, degan izoh qoldirgan, çunki Moskva unga «birinçi sörov böyiça çet elga» çiqişi uçun «pasportni bir neça soat içida» taqdim etgan, deya yozadi naşr.