NATO Rossiya tahdidlaridan qörqmaydi va Rossiya bosqinidan özini himoya qilayotgan Ukrainani qöllab-quvvatlaşda davom etadi. Bu haqda NATO boş kotibi Mark Ryutte 14 oktyabr, duşanba kuni Germaniyaning Visbaden şahridagi NATOning Ukraina uçun (NATO Security Assistance and Training for Ukraine - NSATU) missiyasi ştab-kvartirasiga uşbu lavozimdagi birinçi taşrifi çoğida ma’lum qildi.
«Bizning (Rossiya prezidenti Vladimir Putinga) xabarimiz şundan iboratki, biz u öz maqsadiga erişmasligi uçun davom etamiz, Ukraina ğalaba qozonişi uçun zarur bölgan işni qilamiz», — dedi Ryutte Reuters agentligi va Germaniyaning Hessischer Rundfunk mediakompaniyasiga bergan intervyusida.
Reuters agentligining qayd etişiça, köpçilik NATO boş kotibining Ukrainani sobit qöllab-quvvatlaşi haqidagi bayonotlarini Şimoliy Atlantika alyansini tanqid qilişi bilan tanilgan sobiq davlat rahbari Donald Trampning AQŞ prezidenti lavozimiga saylanişi mumkinligi kontekstida baholamoqda.
Mark Ryutte Ukrainani qöllab-quvvatlaş missiyasining Visbadendagi ştab-kvartirasiga taşrif buyurgan kuni Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius ham u yerda bölgan. U NATO boş kotibi bilan yopiq eşiklar ortida muzokaralar olib bordi, deb yozadi HR öz veb-saytida.
NATO yadro qurolidan foydalanişni sinovdan ötkaziş maşqlarini boşlayapti
14 oktyabr kuni NATOning alyansga a’zo mamlakatlarni himoya qiliş böyiça ikki haftalik yillik manyovrlari boşlandi, ular davomida yadro qurolidan foydalaniş amaliyoti ötkaziladi. NATOning Bryusseldagi ştab-kvartirasidan olingan ma’lumotlarga köra, Steadfast Noon maşğulotlarida Yevropaning sakkizta havo bazasida joylaşgan 2000 ga yaqin askar iştirok etadi. Havo manyovrlarida 60 dan ortiq samolyotlar, jumladan, AQŞning Yevropada joylaşgan yadro bombalarini olib yurişga qodir zamonaviy qiruvçi samolyotlar, uzoq masofali bombardimonçi samolyotlar, şuningdek, kuzatuv va yonilği quyiş samolyotlari iştirok etadi.
Joriy yilda manyovrlar Belgiya va Niderlandiyadagi havo bazalarida, şuningdek, Şimoliy dengiz uzra – Buyuk Britaniya va Daniya havo kengliklarida bölib ötadi. Harbiy maşğulotlarda NATOga a’zo 13 davlat, jumladan Germaniya samolyotlari qatnaşmoqda.








