Özbekistonning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Rahmatulla Nurimbetov bugun tunda Şvetsiya poytaxtiga keldi.
U Stokholmga tayinlanişidan avval 2023-2024 yillarda Özbekiston taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimida işlagan.
Diplomat 47 yoşda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toşkent davlat şarqşunoslik instituti (hozirgi Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti) va Özbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar doktori (DsC) darajasiga ega.
Mehnat faoliyatini Özbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida boşlagan.
2003 yildan buyon TIV tizimida faoliyat körsatib kelmoqda. Xususan, ötgan yillar davomida vazirlikning markaziy apparatida, şuningdek, Özbekistonning Germaniya va Ispaniyadagi elçixonalarida turli lavozimlarda işlab, taşqi işlar vaziri örinbosari darajasiga kötarilgan. Bundan taşqari, 2018-2024 yillarda Özbekistonning ŞHT işlari böyiça milliy koordinatori vazifasida işlagan.
Rahmatulla Nurimbetov 2022-2024 yillarda Özbekistonning Şvetsiyadagi elçixonasiga rahbarlik qilgan Nodir Ğaniyev örniga tayinlandi.









