Toşkent şahar hokimining 16 oktyabrda qabul qilgan tegişli qarori bilan poytaxt köçalarida pulli avtoturargohlar taşkil etiladi. Hujjat bilan pulli avtoturargohlardan foydalaniş narxlari belgilandi.

Ta’kidlanişiça, 2025 yil 1 yanvargaça “Tashkent Invest Kompaniyasi” AJ hokimlik huzuridagi Toşkent şahrini rivojlantiriş jamğarmasi mablağlari hisobidan “Pulli töxtab turiş joylari” yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimini foydalanişga topşiradi, taşkil etiladigan transport vositalarining pulli töxtab turiş joylari uskunalarini ulaşga tayyorlik köradi.  Işlab çiqilgan tartibga köra, pulli parkinglar investorlarni jalb qilgan holda taşkil etiladi.

Tölov texnik operatorga “pullik töxtaş joylari” AAT doirasida joriy qilingan billing tizimi hisoblagiçi ma’lumotlari asosida naqdsiz usulda yoki naqd pulda (texnik moslamasida közda tutilgan) amalga oşiriladi.

Texnik operator mablağlarning bir qismini ijara şartnomasi bilan belgilangan miqdorda Toşkent şahar Iqtisodiyot va moliya boş boşqarmasi huzuridagi avtomobil yöllarini rivojlantiriş hududiy maqsadli jamğarmasiga ötkazadi.

Parkingdan foydalanganlik uçun tölov u işga tuşirilgan kundan boşlab amalga oşiriladi, bundan quyidagi bepul joylaştirişlar mustasno:

●  Favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar faoliyatini amalga oşiriş uçun foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki kök-qizil miltillovçi çiroq va maxsus ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari;

●  Old va orqa oynalarida “7.17” yöl belgisi tasviri tuşirilgan I yoki II guruh nogironligi bölgan nogironlarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uçun möljallangan maxsus transport vositalari);

●  II Jahon uruşi qatnaşçisining transport vositasi;

●  Davlat röyxatidan ötkazilmaydigan ikki ğildirakli transport vositalari.

Parkingda, şu jumladan savdo korxonalari, xizmat körsatiş, tibbiyot, sport va madaniy-köngiloçar muassasalar yonidan kamida 5 foiz joy (lekin bir dona joydan kam bölmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega bölgan şaxslar tomonidan boşqariladigan transport vositalarini bepul joylaştiriş uçun ajratiladi.

Eslatib ötamiz, prezidentning 111-sonli qaroriga asosan, Toşkentda yöl böyi pulli avtoturargohlar 2022 yilning noyabr oyidayoq joriy etilişi