Toşkent viloyati Qibray tumanida joylaşgan Toşkent davlat Agrar universitetining 400 örinli yotoqxona binosi qurilişi töxtatilgani haqida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ma’lum qildi. Ma’lum bölişiça, bino pudratçisi New Brand House MÇJ. Quriliş inspeksiyasi pudratçi va mas’ullarga quriliş jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan 14 marotaba yozma körsatma bergan. Biroq quriliş işlari tuzatilmagan. Uç marta jarima çorasi qöllangan.

Toşkent viloyati Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasi boş inspektori Ismoil Hamidov quriliş işlari pudratçi tomonidan sifatli va loyiha talablarini buzgan holda olib borilayotganini aytdi. “Gipsokarton plitasining içki pardoz devorlariga yopiştirilişi jarayonida metall profillardan karkas qilib örnatilişi örniga oddiy gipslar qotirilib mustahkamlangan”, – deb tuşuntirgan mas’ul.

Şuningdek, vazirlik xabarida quriliş pudrat taşkiloti binoning içki xonalariga kiriş eşiklarining sarbastlari loyihaga zid bajarilgani, tom yopiş işlarida esa loyihaga umuman amal qilinmaganini qöşimça qilgan.

Ayni paytda bino texnik tekşiruvdan qayta ötkazilgunga qadar quriliş töxtatib qöyilgan.