Buyuk Britaniyada leyboristlar partiyasining 100 nafar amaldagi va sobiq xodimlarini Demokratik partiya nomzodi Kamala Harris uçun AQŞ prezidentligiga saylovlarda ikkilanayotgan ştatlarda saylovoldi taşviqoti uçun yuboradi. Xalqaro ommaviy axborot vositalari 17 oktyabr, payşanba kuni Leyboristlar partiyasi operatsion bölimi rahbari Sofiya Patelning bir kun avval LinkedIn ijtimoiy tarmoğida qilgan tegişli bayonotiga e’tibor qaratdi.

«Keyingi bir neça hafta içida Leyboristlar partiyasining 100 ga yaqin hozirgi va sobiq xodimi AQŞga: Şimoliy Karolina, Nevada, Pensilvaniya va Virjiniyaga boradi», deb yozdi u. «(Şimoliy) Karolina ştatiga borişga tayyor bölganlar uçun menda 10 ta böş joy bor — biz sizning turar joyingiz bilan şuğullanamiz», — deya qöşimça qildi Patel.

Respublikaçilar partiyasining ayrim a’zolari, xususan, Trampning sobiq yordamçisi Sebastyan Gorka rejani «ğazabnok» deb atadi va mamlakatning sobiq prezidenti, respublikaçi nomzod Donald Tramp saylovda ğalaba qozonsa, bunday harakat Londonning Vaşington bilan munosabatlariga putur yetkazişi mumkinligini aytdi, deb yozadi The Telegraph gazetasi.