AQŞ sobiq vitse-prezidenti va 2024 yilgi prezidentlik saylovida nomzod bölgan Kamala Harris saylovoldi kampaniyasi va unda Jo Bayden öynagan rol haqida deyarli birinçi marta fikrlarini bayon qildi.

The Atlantic jurnali uning «107 kun» nomli xotiralar kitobidan parça e’lon qildi. Uşbu parçadan ma’lum bölişiça, ikkinçi muddatga saylaniş töğrisidagi qaror prezident Jo Bayden va birinçi xonim tomonidan yakka tartibda qabul qilingan. Harris xonim buni «befarosatlik» deb hisoblaydi.

«Hamma bu qaror Jo va Jill (Baydenning rafiqasi) tomonidan qabul qilinganini aytdi. Endi öylab qarasam, bu befarosatlik edi. Stavkalar juda yuqori edi. Bu bir odamning nafsoniyati va şuhratparastligiga taşlab qöyiladigan qaror emas edi», deb yozdi u.

Harrisning yozişiça, u prezidentga ikkinçi muddatga saylanmasligi kerakligini tuşuntiriş kerakmi yoki yöqligi haqida köp öylagan. Oxir-oqibat, u Bayden bunday sözlarni «oşkora şuhratparastlik va ehtimol, dahşatli sadoqatsizlik» deb hisoblaydi deb öylab, bu ğoyadan voz keçgan. Buning ustiga, Bayden jamoasi şundoq ham «köpinça Harrisga qarşi işlagan», «Harris qançalik yaxşi körinsa, uning fonida Bayden şunçalik yomon körinadi» deb hisoblagan.

«81 yoşida Jo çarçadi... Keksalik özini körsatdi, jismoniy va oğzaki namoyon böldi. Ammo u öz işini töla-tökis bajarişga qodir edi. Özining eng yomon kunlarida ham u Donald Trampga qaraganda teranroq va malakaliroq edi, soğlom fikrlaş qobiliyatiga ega edi...», deb hisoblaydi Kamala Harris.

Harris xonimning 2024 yilda 107 kun davom etgan prezidentlik kampaniyasiga bağişlangan xotiralar kitobi 23 sentabr kuni Simon & Schuster naşriyotida çop etiladi.