AQŞ sobiq vitse-prezidenti Kamala Harris yana prezidentlikka nomzodini qöyişi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC naşriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning sözlariga köra, siyosiy faoliyati «tugamagan».

«Men butun faoliyatimni jamiyatga xizmat qiliş bilan ötkazdim va bu mening qonimda bor», deb tuşuntirdi Harris.

Undan bir kun kelib Oq uyni boşqaradigan birinçi ayol böla oladimi, deb söralganida, siyosatçi şunday javob berdi: - Ehtimol, ha.

Biroq Harris prezidentlikka qayta nomzodini qöyiş yoki qöymaslik haqida hali bir qarorga kelmaganini ta’kidladi.

Ma’lumki, AQŞda navbatdagi prezidentlik saylovi 2028 yilda bölib ötadi.

«Xizmat qilişning köplab usullari bor, ammo kelajakda nima bilan şuğullanişimni hamon hal qilmaganman», dedi u.

Şuningdek, Harris prezidentlik poygasida autsayder bölişi va Demokratik partiyadan nomzod böliş imkoniyati kamligi haqidagi taxminlarni rad etdi.

«Agar men sörovlarga quloq solganimda, birinçi lavozimga ham, ikkinçi lavozimga ham nomzodimni qöymagan bölardim va albatta, bu yerda ötirmagan bölardim», deb ta’kidladi AQŞ sobiq vitse-prezidenti.

U amaldagi prezidenti Donald Tramp faoliyatini tanqid qildi. U federal xavfsizlik idoralarini öz quroliga aylantirganini ta’kidladi, prezident talablariga osongina böysungan biznes va turli taşkilotlar rahbarlarini tanqid qildi.

«Köpçilik... boşidanoq taslim böldi va zolim oldida tiz çökmoqda. Öylaşimça, köp sabablarga köra, jumladan, ular hokimiyat bilan yonma-yon bölişni, ehtimol, ma’qullanişni yoki tergovdan qoçişni xohlaydi», dedi u.

Kamala Harris sönggi prezidentlik saylovida 48,43 foiz ovoz töpladi va Donald Trampga yutqazgan edi.