Joriy yil boşidan buyon quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan 4 mlrd kVt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, bugun, 20 oktyabr soat 12:00 holatiga köra, Özbekistondagi quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan 2024 yil boşidan beri işlab çiqarilgan elektr energiyasi miqdori 4 mlrd kVt soatni taşkil qilgan.
Uşbu «yaşil» elektr stansiyalar tomonidan 2024 yil 31 mayga qadar 1 mlrd kVt soat, 2024 yil 30 avgust holatiga köra esa 3 mlrd kVt soat miqdorida elektr energiyasi işlab çiqarilgan.
«Bugun soat 12:00 da mamlakatimizdagi barça quyoş va şamol elektr stansiyalari tomonidan işlab çiqarilgan elektr energiyasi miqdori joriy yil boşidan 4 mlrd kVt soatni taşkil qildi», deyiladi vazirlik xabarida.
Şundan quyoş elektr stansiyalari tomonidan 3 mlrd 493,6 mln kVt soat, şamol elektr stansiyasi tomonidan esa 506,4 mln kVt soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan.
Buning natijasida:
- 1,2 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalişiga erişilgan;
- atmosferaga 1 mln 680 ming tonna zararli gazlar çiqişining oldi olingan.
Ta’kidlanişiça, mazkur hajmdagi elektr energiyasi 2 mln xonadonning 10 oylik yoki 1 mln 666 mingta xonadonning bir yillik ijtimoiy normasini taşkil qiladi.
Qayd etilişiça, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi quyoş fotoelektr stansiyalari 2022 yilda 434 mln kVt soat, 2023 yilda esa 576,9 mln kVt soat elektr energiyasi işlab çiqargan.







