Prezident Şavkat Mirziyoyev maişiy çiqindilarni qayta işlaş, ulardan elektr energiyasi va mahsulot işlab çiqariş loyihalari taqdimoti bilan tanişdi.

Yurtimizda yiliga 14 million tonna çiqindilar hosil böladi. Lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta işlanadi. Çiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga çiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi.

Çiqindilarni qayta işlaş orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytiriş, ham foyda oliş mumkin. Şu maqsadda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan xorijiy investorlar bilan hamkorlikda qator loyihalar işlab çiqilgan. Qariyb 1 milliard 300 million dollarlik investitsiyalarni jalb etgan holda, 8 ta çiqindi yoqiş zavodi quriş hamda Ohangaron poligonida çiqindi gazini qayta işlaş rejalaştirilgan.

Masalan, Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasining 350 million dollar töğridan töğri investitsiyasi hisobidan Andijon va Toşkent viloyatlarida 2 ta zavod barpo etiladi. Ularda kuniga 4 ming tonna çiqindi qayta işlanib, yiliga 630 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariladi.

Bu sohaga Xitoyning boşqa bir kompaniyasi – Shanghai SUS Environment ham qiziqiş bildirgan. U 310 million dollar töğridan-töğri investitsiya kiritib, Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida 2 ta zavod qurişni rejalaştirgan. Ularda kuniga 3 ming tonna çiqindi qayta işlanib, yiliga 480 million kilovatt soat elektr energiyasi olinadi.

Birlaşgan Arab Amirliklarining Tadweer Group kompaniyasining 200 million dollar mablaği evaziga Buxoro va Navoiy viloyatlari uçun bitta zavod quriladi. Und kuniga 1 ming 500 tonna çiqindini qayta işlaş va yiliga 363 million kilovatt soat elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati yaratiladi.

Koreya Respublikasining Sejin kompaniyasi iştirokidagi loyiha ham juda muhim. Unga köra, 55 million dollar evaziga Toşkent viloyati Ohangaron tumanidagi maişiy çiqindi poligonida hosil böladigan gazdan muqobil elektr energiyasi oliş yölga qöyiladi. Uning quvvati 16 megavatt bölişi közda tutilgan.