Rossiya bir neça kun oldin harbiy asirlarning oxirgi almaşinuvi doirasida jurnalist Viktoriya Roşçinaning jasadini Ukrainaga topşirmadi. Bu haqda 20 oktyabr, yakşanba kuni «Suspilne» naşriga Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab vakili Petro Yatsenko ma’lum qildi.
«18-kuni Viktoriyaning jasadi repatriatsiya doirasida topşirilmadi. Muvofiqlaştiriş ştabi barçani qiziqtirgan savollarga javob oliş uçun bor imkoniyatlarni işga solmoqda», - dedi Yatsenko. Uning qöşimça qilişiça, Roşçinaning jasadini qaytariş «töliq qarama-qarşi tomonga boğliq».
Muvofiqlaştiruvçi ştab vakili, şuningdek, Roşçinaning jasadini topşirişning keçikişini Rossiya tomoni «ehtimoliy jinoyat izlarini» yaşirişga urinayotgani bilan izohlaş mumkinligini ta’kidladi. Şu bilan birga, jurnalistning ölimi sabablari, xususan, qiynoqlar ehtimoli haqida gapirişga hali erta, dedi Yatsenko.
Ukrainalik jurnalist qiz Rossiya asirligida vafot etdi
2023 yil avgust oyida bosib olingan hududda ğoyib bölgan, keyin esa Rossiya Federatsiyasida garovda uşlab turilgan ukrainalik mustaqil jurnalist Viktoriya Roşçina vafot etdi. Bu ma’lumotni 10 oktyabr kuni Harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab spikeri Petr Yatsenko tasdiqladi.
«Afsuski, Viktoriyaning ölimi haqidagi ma’lumot tasdiqlandi va biz uçun bu juda qayğuli xabar, uning ölimi holatlari haqida gapirişga hali erta», — dedi u «Yedinyye novosti» milliy telemarafon efirida.
Avvalroq jurnalistning oilasiga Rossiya Mudofaa vazirligidan uning 19 sentabr kuni – Taganrogdan Moskvaga olib ketilayotgani vafot etgani haqida xat kelgan.
6 oktyabr kuni Roşçina 28 yoşga tölgan bölardi.








