Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 oktyabr kuni mahalliylaştiriş, davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş, xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berişiça, sönggi 7 yilda Özbekistonga 78 mlrd dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar kelgan. Davlat-xususiy şeriklik böyiça qonun qabul qilinib, mingdan ziyod loyihalar boşlangan. 1 800 turdagi yangi mahsulotni özimizda işlab çiqariş yölga qöyilgan.
Şu bilan birga, hali salohiyat katta. Yiğilişda mazkur yönalişlarning har biri tahlil qilinib, qöşimça imkoniyatlar körsatib ötildi.
Bugungi kunda barça tarmoqlarda 140 mlrd dollarlik 366 ta yirik loyiha amalga oşirilyapti. Investitsiya loyihalari doirasida yiliga 15 mlrd dollarlik uskuna, xomaşyo va quriliş materiallari olib kelinyapti. Şularning har birida mahalliy uluşni köpaytiriş mumkinligi ta’kidlandi.

Yurtimizdagi yirik tarmoqlarda ham şunday imkoniyatlar bor. Masalan, energetika tarmoğini 2030 yilgaça rivojlantiriş dasturiga muvofiq, 36 mlrd dollarlik 164 ta quvvat yaratiladi. Şundan 88 tasi davlat-xususiy şeriklik asosida barpo etiladi.
Toğ-kon sanoati böyiça ham 1 mlrd 230 mln dollarlik dastur qabul qilingan. Sohadagi yirik kombinatlarga mahalliy korxonalar özaro manfaatli boğlangan.
Avtosanoatda ham uşbu yönalişda işga solinmagan imkoniyatlar köp. Birgina qöşni davlatlarda avtomobil ehtiyot qismlariga yillik talab 1 mlrd dollarni taşkil qiladi.
Mahalliylaştiriş jarayonida narx böyiça ham, sifat böyiça ham raqobatdoş mahsulot çiqarib, eksportni köpaytirişga alohida e’tibor qaratiş zarurligi ta’kidlandi.
Uşbu yönalişlar böyiça aniq loyihalar şakllantirib, imkoniyatlarni natijaga aylantiriş zarurligi ta’kidlandi. Sanoat tarmoqlari bilan hududlar örtasida kooperatsiyani rivojlantiriş, davlat xaridlarida mahalliy mahsulot va xizmatlar uluşini oşiriş böyiça takliflar bildirildi.
Yaqinda davlat-xususiy şeriklik tamoyili asosida 30 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari tasdiqlandi. Bunda har bir sohaning imkoniyatlari oçib berilgan. Jumladan, transport böyiça 10 mlrd dollar, ijtimoiy sohalarda 6 mlrd dollar, kommunal tarmoqda 5 mlrd dollarlik rejalar közda tutilgan.









