«Ittifoqçilar Şimoliy Koreya qöşinlarining Rossiyaga ötkazilişini tasdiqladilar, agar bu qöşinlar Ukrainadagi uruş uçun möljallangan bölsa, bu Şimoliy Koreyaning Rossiya tomonidan olib borilayotgan noqonuniy uruşni qöllab-quvvatlaşi bilan boğliq holda vaziyatning sezilarli darajada keskinlaşganini anglatadi va bu Rossiya frontda katta yöqotişlarga uçraganining yana bir dalilidir», dedi 23 oktyabr, çorşanba kuni NATO matbuot kotibi Farah Dahlallah DW söroviga javoban.

Uning ta’kidlaşiça, NATO a’zolari uşbu masala böyiça alyans doirasida faol maslahatlaşmoqda va Janubiy Koreya hukumati bilan vaziyatni muhokama qilmoqçi.

NATO KXDRni Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişdan tiyilişga çaqirdi

NATO boş kotibi Mark Ryutte Şimoliy Koreyani Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşiş uçun Rossiyaga qöşin yubormaslik haqida ogohlantirdi. Bu «sezilarli keskinlaşuvni anglatadi», deb yozdi u 21 oktyabr kuni X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida.

Ryuttening sözlariga köra, u allaqaçon Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol bilan vaziyatni muhokama qilgan, unga razvedka yetkazgan ma’lumotlarga köra, Şimoliy Koreya Rossiyaga 1500 nafar askarini yuborgan. Janubiy Koreya razvedkasi ma’lumotlariga köra, ular hozirda Rossiya şarqida tayyorgarlikdan ötmoqda va keyin Ukrainadagi front çiziğiga jönatiladi.

Avvalroq Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi ham razvedka manbalariga tayanib, Pxenyan frontga «12 ming askardan iborat törtta brigada, jumladan, maxsus kuçlar bölinmalarini» jönatmoqçi ekanini xabar qilgan edi.

18 oktyabr kuni Bryusselda bölib ötgan matbuot anjumanida uşbu ma’lumotlarni izohlar ekan, Ryutte alyansda Şimoliy Koreya askarlarining jangovar harakatlarda faol iştirok etişi haqidagi tasdiqlangan axborot haligaça yöqligini aytdi. Biroq u Pxenyandan Moskvaga qurol, texnologiya va yangi işlanmalar körinişida keng kölamli yordam körsatilayotganiga işora qildi, bu esa Ukraina hamkorlari orasida xavotir uyğotmoqda.