Hujjat Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi raisining birinçi örinbosari Elmurod Najimov va Abu-Dabi madaniyat va turizm departamenti raisi örinbosari Saud Abdulaziz Al Xosani tomonidan imzolandi.

Memorandum Özbekiston va Abu-Dabi muzeylarida körgazmalar taşkil etiş, madaniy meros sohasida özaro manfaatli tadqiqotlar ötkaziş, madaniy merosni saqlaş, muzeylar boşqaruvi, restavratsiya va boşqa sohalarda könikma hamda tajriba almaşiş, ta’lim sohasida loyihalarni amalga oşiriş kabi yönalişlarni qamrab oladi.

Rasmiy qismdan söng bölib ötgan muloqotda memorandumda qayd etilgan hamkorlikdagi işlarni öz vaqtida amalga oşiriş maqsadida ikki tomondan mas’ullar tayinlandi va yaqin kunlarda taşkil etiladigan onlayn muloqot orqali çoğida tegişli çora-tadbirlarni belgilab oliş töğrisida kelişib olindi.