Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover yöltanlamasiga qarata öq uzganlardan biri gumonlanuvçi tariqasida uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 26 oktyabr kuni 2 nafar noma’lum şaxs Qibray tumanida fuqaro S.S. boşqaruvidagi Range Rover rusumli maşinaga qarata öqotar quroldan bir neça marta öq uzib, qasddan odam öldirişga suiqasd qilib, noma’lum tomonga yaşiringan.

Mazkur holat yuzasidan Boş prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 25, 97 (Qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) hamda 248 (Öqotar qurolning, öq-dorilarning, öqotar qurol asosiy qismlarining, portlovçi moddalarning, portlatiş vositalarining yoki portlatiş qurilmalarining qonunga xilof muomalasi) moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Söng Boş prokuratura, Toşkent viloyati, Toşkent şahar, Harbiy, Transport prokuraturalari hamda IIV, viloyat, Toşkent şahar IIBB, Bojxona qömitasi xodimlaridan iborat tarkibda tergov-tezkor guruhi tuzilgan.

Ötkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni sodir etgan şaxslarning bir nafari aniqlanib, gumonlanuvçi tariqasida uşlangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.