Myanma xavfsizlik kuçlari mamlakat sobiq harbiy rahbari Tan Şvening kuyovini Facebookʼdagi postlari uçun hibsga oldi, deb xabar beradi Associated Press.

Nay So Maung — 67 yoşli iste’fodagi polkovnik va sobiq harbiy şifokor bölib, u fitna qözğatuvçi xabarlarni tarqatganlikda ayblanmoqda.

U amaldagi harbiy yetakçiga qaratilgan tanqidiy hamda Myanma hukmron partiyasining yuqori martabali amaldori Zo Minta Maunga vafoti munosabati bilan hamdardlik postini e’lon qilganidan ikki hafta ötib uşlangan — uning hukumati 2021 yilgi harbiy töntariş natijasida tarqatib yuborilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda muxolif guruhlarni rağbatlantiriş yoki taşviqot qiliş hamda ularni qöllab-quvvatlaş bilan şuğullangan şaxslar mamlakat qonunlariga köra javobgarlikka tortiladi.

Myanmada 2021 yil 1 fevral kuni mamlakat armiyasi saylangan hukumatni egallab olganidan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Harbiy töntariş ommaviy norozilik namoyişlarini keltirib çiqargan va politsiya ularni töxtatiş uçun öqotar qurollardan ham foydalanişga majbur bölgan.

Data for Myanmar mustaqil tadqiqot guruhiga köra, harbiylar hokimiyatga kelganidan buyon ijtimoiy tarmoqlarda muxolifat guruhlarini qöllab-quvvatlaş hamda amaldagi hukumatni tanqid qilib yozgan 1691 kişi hibsga olingan.