Demokratik partiyadan nomzod Kamala Harris AQŞ prezidentlik saylovlarida ğalaba qozonsa, mamlakatni uçinçi jahon uruşiga tortadi.

Tegişli prognozni Oq uyning sobiq rahbari, Respublikaçilar partiyasidan AQŞ prezidentligiga nomzod Donald Tramp berdi.

Harrisni prezident qiliş millionlab odamlar hayotini xavf ostiga qöyiş demakdir, dedi AQŞ sobiq prezidenti. «Harris, albatta, bizni uçinçi jahon uruşiga tortadi, çunki u öz işini töğri bajariş uçun qobiliyatsiz», dedi siyosatçi.

AQŞ matbuotiga köra, Pensilvaniyadagi mitingda nutq sözlagan Tramp, Harris Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping kabi rahbarlar bilan «işlaş» uçun juda «qobiliyatsiz» ekanligini aytdi.

Oq uy sobiq rahbarining fikriça, dunyo heç qaçon global uruşga «bu qadar yaqin» bölmagan. Tramp saylangan taqdirda bu uruşdan qoçiş uçun bor kuçini işga solişiga işontirdi.

AQŞda saylovlar 5 noyabr kuni bölib ötadi. Respublikaçilar partiyasi Trampni öz nomzodi sifatida körsatdi, Kamala Harris esa demokratlar nomidan kuraşmoqda.