Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati boşqarmasi boşliği Merey Omonboyevaga nisbatan sud hukmi öqildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Merey Omonboyeva 2022 yilning iyun oyidan 2023 yilning noyabr oyiga qadar Navoiy şahar Zarafşon mahallasida hokim yordamçisi lavozimida işlagan. U xizmat mavqeyidan foydalanib, Navoiy şahridagi tadbirkorga özining Navoiy şahar hokimi Dilmurod Ergaşev bilan yaqin munosabatda ekanligini aytib, göyoki hokim bilan taniştirib qöyişni va’da qilgan. Bu orqali esa tadbirkordan şahar hokimi Dilmurod Ergaşev nomidan qarz evaziga pul sörab olişni rejalaştirgan.

Omonboyeva 2022 yil 28 oktyabrdan 2023 yil 5 sentabrga qadar “Sarmish 9999” va “Bright industry buldings the future” MÇJ rahbari M.Rahmatovdan jami 80 mln söm pul mablağini qarz sifatida olgan. Uşbu qarzni qaytarib bermaslik va tadbirkorning boşqa pul mablağlariga egalik qiliş maqsadida 2023 yilning oktyabr-noyabr oylari davomida unga göyoki özini Navoiy şahar hokimi Dilmurod Ergaşev bilan yaqin munosabatda ekanligi, uning Xitoyga xizmat safari bilan borgan vaqtida Navoiy şahridagi ayrim tadbirkorlardan 50 ming AQŞ dollari miqdorida qarz olib ketganligi, uşbu qarzdorlik tadbirkorlar tomonidan talab qilinayotganiga işontirgan. Söngra göyoki şahar hokimi tomonidan M.Rahmatovdan moddiy yordam söralganligi haqida Telegram orqali yozişmalarni soxtalaştirib, tadbirkorga körsatgan.

Merey Omonboyeva bu orqali M.Rahmatovni Navoiy şahar hokimi Dilmurod Ergaşevga qarz berişga köndirgan hamda pulni özi yetkazişi kerakligiga işontirgan. Tadbirkordan hokimga qarz sifatida beriş uçun 2023 yil 1 oktyabrdan 18 noyabrga qadar 56 mln söm va 23 ming AQŞ dollari, jami 338 mln söm miqdoridagi pulni qölga kiritgan.

Omonboyeva sud majlisida söroq qilinganida aybiga iqrorlik bildirmasdan hokimning özi undan pul söraganini, u öşa kuni keçqurun tadbirkorga qönğiroq qilib, pulni olganini bildirgan.

“Vaqt ötgaç Mehroj aka bilan örtamizda kelişmovçilik paydo bölganligi sababli u qarz sifatida olib ketgan pullarimni qaytarişni söradi. Unga pullarning orasini oçib berişimni aytdim. Ammo D.Ergaşevdan bu haqida heç qanday javob bölmadi.

185 mln söm pulni D.Ergaşev uçun qarz sifatida Mehroj akadan olganman. D.Ergaşevdan 185 mln söm nima maqsadda kerak ekanligini söramaganman. Bundan taşqari, M.Rahmatov xodimlarini elektrik, mexanik, slesar va boşqa şu kabi sohalarga öqitib berişim uçun 80 mln söm bergan, ammo öqitiş uçun xodim yubormagan”, degan u.

Omonboyeva tergovda qöşimça gumon qilinuvçi hamda ayblanuvçi sifatida himoyaçisi iştirokida söroq qilinganida esa aybiga töliq iqrorlik bildirgan.