2024 yil 25 oktabr kuni Tenge Bank tomonidan “Mehrli Qöllar” xayriya jamğarmasi va “ Ribambelle ” oilaviy restorani bilan hamkorlikda imkoniyati çeklangan bolalar uçun xayriya mahorat darsi bölib ötdi.

Foto: Tenge Bank

Tadbir dasturidan volontyorlar tomonidan tayyorlangan musiqiy va raqs şoulari, köngiloçar tanlovlar va öyinlar örin olgan. Kunning asosiy voqeasi san’at maydoni bölib, u yerda kiçik rassomlar “Fasllar” mavzusida yorqin va çiroyli rasmlar çizişgan.

 “Tenge Bank turli xil ijtimoiy loyihalarga alohida e’tibor qaratadi. Quyoş bolalarga katta quvonç va ilhom baxş etgan bunday bayramni taşkil eta olganimizdan xursandmiz”, - deb ta’kidladi Tenge Bank Boşqaruv Raisi Beibit Faleyev.

Tenge Bank uşbu tadbirni amalga oşirişga katta hissa qöşgan barça mehmonlar, volontyorlar va hamkorlarga samimiy minnatdorçilikni bildiradi. Bank bunday taşabbuslar kelgusida ham davom etib, köplab bolalarga quvonç va ilhom baxş etişiga umid qiladi.

***

Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barça toifadagi korporativ va çakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar körsatadigan universal bankdir. Bank Qozoğiston Xalq Bankining (Halyk Bank) şu’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozoğistondagi eng yirik tizimni taşkil etuvçi banklardan biri bölib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakçi moliya institutlaridan biri bölib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmoğiga ega.

Halyk Group çakana va korporativ mijozlarga, kiçik va örta biznesga bank xizmatlarining töliq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va Özbekistonda ham faoliyat yuritadi.

E-mail: [email protected]