Turkiya Oliy Sudi Horun Yahyo taxallusi bilan tanilgan Adnan Oktarning taşkiloti tomonidan jinoyat sodir etişda foydalanilgan va bu jinoyatlardan kelib çiqqan deb hisoblangan köçar va köçmas mulklarni musodara qilinişini ma’qulladi. Bu haqda Milliyet xabar berdi.

Musodara qilinadigan mulklar orasida qurol, miltiq, öq-dorilar, patronlar va ularning magazini bor bölib, ularning bir qismi jinoyatda, bir qismi esa taşkilotçilik faoliyati doirasida işlatilgan. Şuningdek, 1 milliondan ortiq turk lirasi, 52 ming dollar, 30 ming yevro va boşqa pul mablağlari ham musodara qilindi.

Hukm doirasida 61 ta avtomobil ham davlat hisobiga ötkazildi. Şuningdek, 16 nafar sudlanuvçining Istanbuldagi köçmas mulklari ham musodara qilinadigan böldi.

Adnan Oktar 2018 yilda hibsga olindi. U va uning qurolliy jinoiy taşkilotining 72 nafar a’zosiga nisbatan hukm 2022 yil noyabr oyida Istanbul Oliy jinoyat sudi tomonidan çiqarilgan edi.

Sud taşkilot yetakçisi hisoblangan, sudlanuvçi Adnan Oktarni (Horun Yahyo taxallusi bilan faoliyat yuritgan) jinoiy taşkilotni boşqariş, jinsiy zöravonlik, ta’lim oliş huquqiga tösqinlik qiliş, qiynoqqa soliş, ozodlikdan noqonuniy mahrum etiş kabi jinoyatlar uçun 891 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Sud Oktarni boşqa ayblanuvçilarning jinoyatlari uçun ham javobgar deb topdi, çunki u rahbarlik lavozimida işlagan va unga boşqa ayblanuvçilarning hukmlari bilan birga jami 8658 yil qamoq jazosi berildi.

Bu işda sud 106 nafar ayblanuvçini «terror taşkilotiga a’zolik» moddasi bilan 4 yil 6 oy, 8 nafar ayblanuvçini esa «terror taşkilotiga a’zo bölmagan holda yordam beriş» aybi bilan 3 yilga ozodlikdan mahrum qildi.

Sud şuningdek, sudlanuvçi Mert Şukani «taşkilotga a’zolik», «jinsiy tajovuz», «qotillikka uriniş» jinoyatlari uçun 152 yilga ozodlikdan mahrum qildi.